So’nggi yangiliklar

13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  0 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  2 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  2 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  0 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  2 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  2 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  4 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0

Abduqodir Husanovning ECHLdagi debyuti, top to'qnashuvlar, "Nyukasl" - evromaydonda Yangiliklar

Abduqodir Husanovning ECHLdagi debyuti, top to'qnashuvlar, "Nyukasl" - evromaydonda

ECHL startida nimalarga alohida etibor qaratish zarurligini eslatib o'tamiz.

Uzoq kutilgan, qadrdonimiz Evropa CHempionlar Ligasining ilk turida o'yinlar shunchalik ko'pligidan, shoshib qolishingiz hech gap emas. Qaysi o'yinni jonli efirda, qaysinisini videoroligini ko'rib qo'ysa ham bo'laversa bo'ladi, shu savollarga javob topishga urinib ko'ramiz.


"Nyukasl" ECHLdagi debyutini "Milan"ga qarshi o'tkazadi

Seshanba va chorshanba kuni ham uchrashuvlar ikki guruhda o'tkaziladi: 21:45 va 23:59 (O'zbekiston vaqti bilan). Bugungi o'yinlardan tanlov qilish birmuncha osonroqdek – ertaroq boshlanadigan o'yinlardan "Milan" va "Nyukasl" to'qnashuvini (o'zgacha standartdagi futbol ishqibozlariga "Yang Boyz" — "RB Leypcig" ham qiziq bo'lishi mumkin, albatta).

"Nyukasl" CHempionlar Ligasidagi yo'lini boshlamoqda – yangi rahbarlar ishining "mevasi" juda tez "pishdi". O'tgan mavsumdayoq "hakkalar" APL medallari uchun "Manchester Yunayted" bilan kurash olib borishdi. Unda mag'lub bo'lishgan bo'lsada, asosiy vazifa bajarildi. Eddi Xau jamoasi uchun evromavsum ancha kuchli raqib bilan start oladi – "Milan" nafaqat tarixi, nomi bor grand, balki o'tgan mavsumning yarim finalchisi ham ekanligi yodingizda bo'lsa kerak.

Asosiysi – bu to'qnashuvda yaqqol favorit yo'q. Ha, "Milan"ning bu tarkibi ham katta tajribaga ega bo'ldi, yarim final yo'lida kuchli jamoalar bilan ro'baro kelgan Pioli shogirdlari Milan derbisida qoqilishgandi. Qizig'i, kuni-kecha A Seriyaning yangi mavsum 4-turida "Inter" yirik g'alabaga erishdi. Milanliklar yozda tarkibni imkon qadar kuchaytirdi va endi chempionlik uchun kurashishga urinib ko'radi. Pley-offga chiqish esa jamoa oldida turgan minimum vazifa. Biroq "Nyukasl" ham oson raqib emas. APLda kuchli uchlikka kirish CHempionlar Ligasi guruh o'yinlaridan osonroq, deya oladigan adekvat muxlis yo'q bo'lsa kerak. Inglizlar ham selekciya ishlarini astoydil olib borishdi va rivojlanishda davom etishmoqda. Muhimi jamoa katta pul evaziga shunchaki nomlarni olib kelib qo'ymayapti, Eddi Xau jamoasiga kerak bo'lgan "elementlar"ni to'ldirib bormoqda va ko'pchilik uchun kutilmaganda o'z ishini alo bahoga uddalamoqda. 


Bunday to'qnashuv ehtiyotkorroq boshlanishi mumkin, lekin zerikarli bo'lmasligi aniq.


Qiyin tanlov: "Lacio" — "Atletiko" yoki PSJ — "Borussiya"

Har ikki bellashuvda ham futbol sifatidan havotir olmasak bo'ladi. Mauricio Sarri "Lacio"da yangi jamoaning fundamentini mustahkam qilib qo'ydi. Buni isbotlash uchun jamoa tarkib narxi bo'yicha A Seriyaning ettinchi jamoasi bo'lsada, kumush medallarni qo'lga kiritganligini aytsak etarli bo'lar. "Matraschilar" futbol kartinasi bo'yicha raqibga o'xshab ketadi. Autsayderlarga qarshi o'yinlarda o'rtacha o'yin ko'rsatishadi, agarda top uchrashuv bo'lsa, o'yin sifatini ham o'sha darajaga ko'tarib qo'yishadi. Hozir, bahs ECHL 1-turiligidan kelib chiqsak, ikkinchi holatga yaqinroqdekmiz.



PSJ sekin-sekin Luis Enrikega moslashmoqda – shu sababli chempionat startida qoqilishlar kuzatilmoqda. SHunday bo'lsada, jamoaning kuchli ijrochilardan tashkil topgan. Qo'shimchasiga ispaniyalik Mbappeni jamoada olib qoldi va maydonga tushirishga ruxsat ololdi. CHempionlikni qo'ldan chiqargan "Borussiya" yo'qotishlariga qaramay, tarkibni kuchaytirishga 62 million evro sarfladi.


Ikkinchi kun o'yin tanlash biroz qiyinroq

"Real" — "Union" va "Galatasaroy" — "Kopengagen" o'rtasida tanlov aniq bo'lsa, kechroq boshlanadigan bahslarda qiynalishingiz aniq. Asosiy orientir "Bavariya" - MYU. Evropaning ikki grandi yozni bekor o'tkazishmadi. Myunxenliklar universal forvard Xarri Keynni sotib oldi, ingliz klub falsafasiga ham mos keladi. Manchesterliklar esa mavsum startida katta muammolarga duch kelmoqda, top raqib va ECHL faktori Ten Xag jamoasini o'ziga kelib olishiga turtki bo'lishi mumkin. "Tottenxem", "Arsenal" va "Brayton"dan uchralgan mag'lubiyatlardan keyin "Bavariya"ga qarshi o'yin yana bir sinov bo'lishi turgan gap.

Parallel ravishda "Arsenal" — PSV to'qnashadi. Gollandlar 2018/2019 yilgi mavsumdan beri ilk marta ECHL guruh bosqichida maydonga tushadi. O'shanda jamoa eng qiyin guruhlardan biriga tushgandi – "Tottenxem", "Barselona" va "Inter" – natijada kvartetdagi oxirgi o'rin. Bu safar "kanonir"lardan tashqari "Sevilya" va Abduqodir Husanov sharafini himoya qiladigan "Lans"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Pley-offdan hozircha umid qilishga asoslar bor. 

Londonlilkar ham ECHLni sog'inishgani aniq – jamoa bu mavsumni avvalgisidanda yaxshiroq o'tkazish uchun transfer oynasida faol bo'ldi. Hozircha Arteta yangi futbolchilarni jamoaga moslashtirishga urinmoqda. To'g'ri, to'p bilan egalik qilishdagi katta ustunlik bazan gollarga aylanmay qolmoqda. Ammo realizaciya bilan bog'liq muammolarga qaramay, "Arsenal" chempionatda faqat bir marta ochko yo'qotdi.


Husanov uchun yaxshi imkoniyat

Evrokuboklarning ertangi kuni o'zbeklar uchun yana bir faktor bilan o'zgacha ahamiyat kasb etadi – "Lans" safida Abduqodir Husanov "Sevilya"ga qarshi maydonga tushish ehtimoli mavjud. Qiziq tomoni, hamyurtimiz "Lans"ga o'tishidan avval aynan "Sevilya" skautlari ham markaziy himoyachi o'yinlarini kuzatgan, ammo barchasi qiziqish darajasida qolgandi.

 

O'zbekistonlik yosh iqtidor yangi chempionat va darajaga ko'nikmoqda. "Lans"dagilar Abduqodir haqida iliq fikrlar bildirib ulgurishdi. Ayniqsa, chempionatning oxirgi turida "Metc"ga qarshi bellashuvda Husanov maydondagi eng yaxshilardan bo'la olganini mutaxassislar ham etirof etishdi. Umid qilamizki, sekin-asta bo'lsa ham Abduqodir jamoaning asosiy tarkib azosiga aylanadi. 

Endi markaziy himoyachini o'zgacha kecha kutmoqda – Evropaning klublar miqyosidagi asosiy musobaqasida 19 yoshli Abduqodir "Sevilya"ga qarshi debyut qilishi mumkin.


Nozima To'xtamirzaeva tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика