So’nggi yangiliklar

12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  9 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  2 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  10 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  15 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  4 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  9 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  25

Abdumalik Hakimov: Futbolchilarimiz jamoadan qarzdor Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: Futbolchilarimiz jamoadan qarzdor

Birinchi liga vakillari ham hal qiluvchi bosqich o'yinlariga alohida tayyorgarlik ko'rishmoqda, ayniqsa, etakchilar.

Xususan, birinchi davrada 41 ochko to'plagan va turnir jadvali peshqadami bo'lib turgan Quvasoyning Cementchi klubi shu kunlarda o'quv-mashg'ulot yig'inini Quvasoyda davom ettiryapti. Aytish joiz, Cementchi bosh murabbiyi Abdumalik Hakimovning natijalari yildan yilga yaxshilanmoqda.

Joriy mavsum jamoa oliy ligaga chiqish uchun davogar bo'lib turibdi. Jamoa bosh murabbiyi bilan suhbatimiz ikkinchi davraga tayyorgarlik va Turkiya safari xususida kechdi.

- Yaqinda Turkiyaning Antaliya shahridan qaytdinglar. U erda yig'in olib borildimi yoki...?

- Turkiyaga shunchaki, hordiq chiqarish uchun bordik. Yani u erda hech qanday mashg'ulot o'tkazmadik. CHunonchi, klub rahbariyati birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlasak, futbolchilar va murabbiylar shtabini rag'batlantirishga vada bergandi. Xullas, klub o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajardi va rahbarlar vadaga vafo qilib, Turkiyaga yuborishdi. Nasib qilsa, endi keyingi mavsum oldidan Antaliyaga o'quv-mashg'ulotlar yig'ini uchun boramiz.

- Oliy liga yo'llanmasi qo'lga kiritilsa ham, qandaydir mukofot olasizlarmi?

- Albatta. Lekin har qanday holatda ham, oliy ligada o'ynash huquqini olishimiz shart. Demoqchimanki, bu vazifani xorijga borish yoki qandaydir qimmatbaho sovg'aga erishish uchungina amalga oshirmaymiz. Axir oliy liga yo'llanmasining o'zi futbolchilar uchun eng katta sovg'a bo'ladi. Ayni payt Quvasoyda shug'ullanyapmiz. Yig'inga o'zim o'yinlarini ko'rgan va kuzatib yurgan yangi futbolchilarni ham jalb qilganman.

-  Ulardan kimlarni alohida ko'rsata olasiz?

- Mashg'ulotlarimizga 7-8 nafar yangi futbolchi qo'shilgandi. O'z o'rnida, ayrim yigitlar safimizni tark etishdi. Deylik, Umid Matmusaev va Oqil Mahmudovga javob berdik. Umid Mashaldan taklif olgandi va uning ketishiga qarshilik ko'rsatmadik. Sobiq futbolchilarimiz - Jamshid Qobulov va Sunnatillo Ermatovni ortga qaytardik. Ular o'tgan mavsumdagi ajoyib o'yinlari bilan oliy liga jamoalari etiboriga tushgandilar. Yakunda klub rahbariyati Qobulovni Neft­chi va Ermatovni Obodga qo'yib yuborgandi. Mana, jamoamiz oldiga ulkan maqsad qo'yilganini hisobga olib, har ikkisini qayta chaqirib oldik. Ular ayni payt jamoamiz mash­g'ulotlarida ishtirok etishmoqda.


- Tushunarliki, oliy liga yo'llanmasini yutish oson emas. Xo'sh, Cementchi ikkinchi davrada bo'ladigan jiddiy kurashga nechog'li tayyor?

- Haqiqatan ham, buyog'iga o'yinlar o'ta murosasiz kechishi tayin. Andijon va Surxon kabi raqiblar ham elitaga qaytishdan umidvor. Demakki, ozgina etiborsizlik qimmatga tushishi mumkin. Muhimi, maqsad sari barqaror intilishda davom etsak, bas. Ortga yo'l yo'q. Maqsad oliy ligaga chiqish ekan, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish shart. 

- Deylik, Cementchi oliy ligaga chiqsa, jamoaning uy stadioni barcha talablarga javob beradimi?

- Cementchi vaqtida oliy ligada o'ynagan. To'g'ri, ayni payt stadionning o'ziga yarasha kamchiliklari bor. Lekin kuchlilar safiga yo'l olsak, ular bartaraf etiladi, albatta. Ishonamanki, bu borada muammo tug'ilmaydi.

- Turkiya sayohatini nazarda tutsak, jamoaning moliyaviy holati chakki emas. Lekin oliy ligada o'ynash ancha ko'p xarajat talab qilishi ham tayin.

- Ayni holat bo'yicha gapirsam, qarz­dorlik yo'q. Birinchi davraning barcha o'yinlari uchun maosh va mukofot pullari vaqtida berildi. Xullas, bu masaladan ko'ngil to'q. Aksincha, futbolchilar jamoadan qarzdor. Bu qarz­ni uzishning bitta yo'li bor - oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritish. Umuman, rahbariyat oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan ekan, agar buni uddalasak, shunga yarasha chora-tadbirlarni ko'radi. 

- Endi tayyorgarlik xususida: yig'in sifatidan ko'nglingiz to'l­yaptimi?

- Hammasi reja asosida ketyapti. Xususan, o'rtoqlik uchrashuvlariga jiddiy yondashyapmiz. O'ylaymanki, Neftchi, Navbahor va Qo'qon-1912 kabi oliy liga vakillariga qarshi kechadigan nazorat bahslari jamoamizga katta naf beradi.

- Yakunda jamoa murabbiylar shtabi xususida ham malumot bersangiz...

- Joriy mavsum Ilhom Zaylobiddinov va Eldor Sakaev bilan birga ishlayapmiz. Jamoamizning muvaffaqiyatli ishtirokida ularning xizmatlari ham katta.

O'zim vaqtida Cementchi sharafini himoya qilganman. Quvasoyda murabbiy sifatida ish boshlaganimga esa 3 yil bo'ldi. Bitta jamoaning to'liq shakllanishi uchun malum vaqt kerak, albatta. Muhimi, biz qisqa fursat ichida oliy liga klublari uchun bir qator futbolchilarni tayyorlab berdik. Misol uchun, Nodir Kamolov va Elyor Akbarov Qizilqumda, Umid Matmusaev va Sunnat Ermatov Obodda, Jamshid Qobulov esa Neftchida o'ynadi. Xullas, mehnatlarimiz samarasiz ketmayotganidan xursandmiz.


Kamoliddin Alimov suhbatlashdi, "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика