Abdulla Abdullaev: "Bir ochko ham mundial yo'llanmasini taqdim etishi mumkin. Yo'q, biz g'alaba uchun maydonga tushishimiz va g'alaba qozonishimiz kerak"
26 may 15:56
Yangiliklar
Abdulla Abdullaev: "Bir ochko ham mundial yo'llanmasini taqdim etishi mumkin. Yo'q, biz g'alaba uchun maydonga tushishimiz va g'alaba qozonishimiz kerak"
"Ilk navbatda, o'yin so'ngiga qadar o'rnidan turib ketib, stadionni tark etmasdan, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. O'yin esa qiyin o'tdi, sababi "Xorazm"da saviyali futbolchilar yig'ilgan, bu o'yinoldi tahlilda ham aks etgandi. Ularda intizom yuqori.
Bugun charchoq alomatlari ham bo'ldi. Ko'rib turibsizlar, harorat juda yuqori. Shunday ob-havo sharoitida har 4-5 kunda o'yin o'tkazyapmiz. Qolaversa, chempionat darajasi o'sgan. Hozir qaysi jamoa boshqasidan kuchli ekanligini va biror o'yinda qanday natija qayd etilishini oldinda taxmin qilib bo'lmaydi. Har qanday jamoa g'alaba uchun maydonga tushmoqda, shu bois, o'yinlar ham qiziqarli tus olmoqda.
Oldinda "Bunyodkor", "Navbahor", "Nasaf"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Ammo buni qiyin taqvim deya olmayman. Sababi, bitta biz emas, barcha jamoalar shunday taqvim asosida o'yinlar o'tkazmoqda. Charchoqni aslo bahona qilmoqchi emasman, barchasi o'zimizga bog'liq. O'ylaymanki, birinchi davrani shu nafasda g'alabalar bilan yakunlaymiz.
FIFA kunlarida O'zbekiston terma jamoasi eng muhim ikkita o'yinni o'tkazadi. Futbolchilar g'alaba uchun maydonga tushadi. To'g'ri, bir ochko ham mundial yo'llanmasini taqdim etishi mumkin. Yo'q, biz g'alaba uchun maydonga tushishimiz va g'alaba qozonishimiz kerak", – dedi 27 yoshli futbolchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar