So’nggi yangiliklar

15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  11 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19

Abdulatif Abduqodirov: “Birinchi liganing eng yaxshi hujumchisi bo'lishimni kutmagandim” Yangiliklar

Abdulatif Abduqodirov: “Birinchi liganing eng yaxshi hujumchisi bo'lishimni kutmagandim”

Saytimiz xodimlari tomonidan aniqlangan birinchi liganing “Eng yaxshi xujumchisi” nominaciyasi g'olibi Abdulatif Abduqodirov buni kutmaganini aytib, lekin xursand ekanligini takidladi.
- “championat.asia” saytining doimiy o'quvchisiman. Har kuni ushbu saytga kirib, futbolimizdagi yangiliklar bilan tanishib borishga harakat qilaman. Birinchi liganing “Eng yaxshi hujumchisi” nominaciyasida g'olib chiqqanimni ko'rib, avvaliga xayron bo'ldim. CHunki buni kutmagandim. Albatta bunday etibor har qanday futbolchiga ruhan dalda bo'ladi. O'qib xursand bo'ldim. Sayt ijodkorlariga kattakon rahmat - deya gap boshladi Abduqodirov.

- Ushbu nominaciyada g'olib chiqishingizga sabab birinchi bosqichda “NBU-Osiyo”dagi o'yinlaringiz va jamoa safida kiritgan gollaringizdir. Bu klub sizga tramplin vazifasini o'tab berdi. Fikrimizga ko'shilasizmi?
- CHindan ham “NBU-Osiyo”da o'ynab, u erda o'zimni ko'rsatib, oliy liga jamoasining etiboriga tushdim. “Bankirlar” safida 2,5 yildan buyon o'ynab kelayotgandim. Bu yil birinchi bosqichda 21ta to'p kiritdim. Tabiiyki bunga o'z mexnatlarim evaziga erishdim. Qolaversa jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashi natijasida gollar urdim.

- “NBU-Osiyo”da o'tkazgan faoliyatingiz to'g'risida nima deysiz?
- Jarohat sababli deyarli yarim yil maydon tashqarisida qolib ketdim. Tabiiyki sport formam ham yaxshi emasdi. Bunday paytda oliy liga jamoalarining etiboriga tushish qiyin. SHunda hech o'ylanib o'tirmasdan, Ilhom Mo'minjonov taklifini qabul qilib, “bankirlar” safiga kelib qo'shilganman. Ilhom aka bilan oldin “Lokomotiv”da birga o'ynaganimiz uchun munosabatlarimiz yaxshi. SHu inson mening avvalgi xolatimga qaytish uchun yordamini ayamadi.

Keyinchalik boshqaruv postiga Muxtor Qurbonov keldi. Bu murabbiy bilan ham yaxshi ishladik. Albatta iliq xotiralar qolgan deb bemalol ayta olaman. Garchi o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ymasada, birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biri sanaladi. Faqat moddiy jihatdan unchalik maqtana olmaydi xolos. Bu jamoaning kelgusi faoliyatiga omad tilayman.  


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика