So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Abbos Fayzullaev: "BAA aeroportlarida muxlislar va jurnalistlar ushlab qolinayotgani - yoqimsiz holat" Yangiliklar

Abbos Fayzullaev: "BAA aeroportlarida muxlislar va jurnalistlar ushlab qolinayotgani - yoqimsiz holat"

O'zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev Dubayda Championat.asia sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Foto  Abbosbek Fayzullaev BAAga etib keldi

"Rossiyadagi birinchi sovrinimni qo'lga kiritganimdan xursandman. Final bahsidan so'ng terma jamoamizda muhim o'yin bor. Endi shu bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. O'zbek futboli tarixidagi eng muhim uchrashuvlardan biri. Biz vazifani bajarishimiz kerak".

- Sharja va Abu-Dabidagi aeroportlarda muxlislar va jurnalistlarni ushlab qolishmoqda. Buni futbolchilar his etib turibdimi?

- Bu haqda internetdan o'qidim. Yoqimsiz holat, ammo bu bizga hech qanday tasir qilmasligi kerak. Barchasi maydonda hal bo'ladi. Muxlislarimiz stadionda ko'proq bo'lgani yaxshi. Ularni mag'lub etsak, ularga ikki barobar alam qiladi.

- Kubok finalidan so'ng ham terma jamoaning BAAga qarshi o'yini haqida gapirdingiz. Nima deb o'ylaysiz, BAAga qarshi uchrashuv qanchalik qiyin kechishi mumkin? 

- Har bir o'yin qiyin kechadi. Saralashda oson o'yinning o'zi yo'q.  Biroq o'yin haqida ko'p o'ylab yuborish va “perenastroy” qilish ham kerak emas. Jo'da ko'p o'ylab yuborsak, o'yinimizga tasir qilishi mumkin.  Shunchaki vazifani bajarish kerak xolos.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика