Abbos Elmurodov: "Penaltilar seriyasi? Rustam Umarov kimni qaerga tepishini yozib bergandi"
30 apr 2024 13:15
Yangiliklar
Abbos Elmurodov: "Penaltilar seriyasi? Rustam Umarov kimni qaerga tepishini yozib bergandi"
O'zbekiston futzal terma jamoasi darvozaboni Abbos Elmurodov Osiyo kubogidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men uchun birinchi Osiyo kubogi edi. Musobaqani yaxshi o'tkazdim deb o'ylayman. Keyingi turnirlarda bundan ham yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. O'zbekistonning yuzi yorug' bo'lishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Yangi ispaniyalik murabbiy bilan yangi taktikalar ustida ishladik. Uning ko'rsatmalarini bajara oldik. Har qanday yangi murabbiyga moslashish uchun biroz vaqt kerak.
Penaltilar seriyasiga kelsak, Rustam Umarov kim qaerga tepishini yozib bergandilar. Bor gap shu. Jahon chempionatida ham xalqimizni xursand qilamiz",- deydi Abbos Elmurodov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar