So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

A Seriya. "Yuventus" mehmonda dramatik kechgan bahsda "Roma" ustidan g'alabaga erishdi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" mehmonda dramatik kechgan bahsda "Roma" ustidan g'alabaga erishdi

Italiya chempionatining 21-turidan o'rin olgan "Roma" - "Yuventus" uchrashuvi yakuniga etdi.

"Roma" - "Yuventus" 3:4

Gollar: Temmi Abraxam 11', Paulo Dibala 18', Genrix Mxitaryan 48', Lorenco Pellegrini 53', Manuel Lokatelli 70', Deyan Kulusevski 75', Mattia De SHilo 77'

"Roma": 1. Ruy Patrisiu, 3. Rojer Ibanes, 4. Brayan Kristante, 6. Kris Smolling, 15. Ensli Meytlend-Naylz, 7. Lorenco Pellegrini (21. Borxa Mayoral 83'), 17. Jordan Veretu, 77. Genrix Mxitaryan, 5. Matias Vinya, 64. Feliks Afena-Gyan (14. Eldor SHomurodov 71'), 9. Temmi Abraxam. 

Zaxira: 63. Pitero Bor, 8. Gonsalo Vilyar, 11. Karles Peres, 13. Rikkardo Kalafori, 19. Brayan Reynolds, 24. Marash Kumbulla, 52. Eduardo Bove, 59. Nikola Zalevski, 67. Davide Mastrantonio.

"Yuventus": 1. Voycex SHHensnyy, 11. Xuan Kuadrado, 4. Matteys de Ligt, 24. Daniele Rugani, 2. Mattia De SHilo, 14. Ueston Makkenni, 27. Manuel Lokatelli, 30. Rodrigo Bentankur (5. Artur 64'), 10. Paulo Dibala (3. Djordjo Kellini 82'), 18. Moyze Kin (9. Alvaro Morata 64'), 22. Federiko Keza (44. Deyan Kulusevski 31'). 

Zaxira: 36. Mattia Perin, 42. Zsombor Senko, 17. Luka Pellegrini, 20. Federiko Bernardeski, 21. Kayo Xorxe, 25. Adrien Rabo, 38. Marli Ake.

Ogohlantirishlar: Xuan Kuadrado 45+3', Rojer Ibanes 51', Matteys de Ligt 52', Manuel Lokatelli 65', Brayan Kristante 76', Matteys de Ligt 82'

Qizil kartochka: Matteys de Ligt 82' (ikkinchi sariq kartochka)


90+6. O'yin yakunlandi!

90+3. Peresning zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'yin anchagina qizimoqda!

83. Pellegrini penaltidan foydalana olmadi!!! SHesnidan qaytgan to'p ham darvozaga qayta yo'naltirildi biroq to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

81. Penalti!!! "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgilandi! Matteys de Ligt esa ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

80. Xo'sh endi mezbonlar qanday yo'l tutishar ekan? SHomurodov-chi?

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Yuve oldinda! Mattia De SHilo erlati zarba berdi va hisobni 3:4 ga etkazdi. 

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Hisob tenglashdi! Super o'yin!!!

Vaziyat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Deyan Kulusevski urgan gol o'yindan tashqari holat deb topildi.

71. Eldor SHomurodov maydonga tushdi!

70. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Lokatelli bosh bilan zarba berib hisobni qisqartirdi.

64. O'yin tempi yuqori anchagina. Maydonda jang ketyapti.

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Pellegrini jarima zarbasidan "Yuventus" darvozasining to'qqizligini ishg'ol qildi.

48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mxitaryanning uzoq masofadan bergan zarbasi rekoshetga uchrab darvoza to'ridan o'rin oldi. 

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. Smolling darvoza tomon bosh bilan zarba yo'lladi, Abraham mazkur zarbani darvozaga to'g'rlab qo'ymoqchi bo'ldi, ammo to'p noaniq ketdi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Statistika: to'p nazorati bo'yicha ustunlik 43% - 57%.

42. Kulusevskining bosh bilan darvoza tomon bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

37. O'yin tempi biroz tushdi. Maydon markazida bo'lyapti o'yin, o'zaro to'p uzatishlarda xatolar ko'p kuzatilyapti.

31. Keza o'yinda jarohat oldi. U o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi va uning o'rniga Kulusevski maydonga tushmoqda.

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dibaladan ajoyib gol! Qariyb 23 metrdan raqib darvozasiga berilgan zarba golga aylandi.

14. Pellegrini jarima maydonchasi ichidan turib darvoza tomon zarba berdi. To'p rekoshetga uchrab Ruganining qo'li tegdi, bu vaziyatda esa hakam to'p va futbolchi yaqin masofada turganligini inobatga olib penalti bermadi.

Burchakdan uzatilgan to'pni Abraham bosh bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi. Yuve himoyachilari mazkur vaziyatda etiborsizlik qilishdi.

11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Abraham bosh bilan zarba berib hisobni ochdi.

8. Kezaning olisdan bergan zarbasi noaniq ketdi.

6. "Roma" esa hujum tashkil qilishda aktiv. Jamoa burchak zarbalarini amalga oshirmoqda, Abraham esa darvoza tomon zarba berdi, biroq uning zarbasi sekin chiqdi.

2. O'yinning dastlabki daqiqalarini mehmonlar pressing bilan boshladi.

1. Uchrashuvga start berildi.

Har ikki jamoa azolari maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика