So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  0 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  4 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  5 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  28 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  87 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12

A Seriya. Lautaroning goli Milan derbisida "Inter"ga g'alaba taqdim etdi Yangiliklar

A Seriya. Lautaroning goli Milan derbisida "Inter"ga g'alaba taqdim etdi

Teglar :  InterMilan
Italiya A Seriyasining 21-turidan o'rin olgan "Inter" - "Milan" uchrashuvi yakunlandi.

"Inter" — "Milan" 1:0

Gol: 1:0 – 34 Martines.

Inter – Onana, Darmian, Acherbi, SHkrinyar, Bastoni, Dimarko (Gozens, 71), Aslani, Mxitaryan (Brozovich, 71), CHalxanoglu (Galyardini, 89), Barella, Djeko (Lukaku, 71), Martines.

Milan – Teterushanu, Kalabriya (Salemakers, 55), Ker (Rebich, 86), Gabbiya (Tiav, 70), Kalulu, Ernandes, Krunich, Tonali, Jiru, Origi (Rafael Leau, 55), Junior Messias (Braim Dias, 46).

Ogohlantirishlar: Kalulu (32), Gabbiya (49), Rafael Leau (62), Mxitaryan (67), Acherbi (68), Jiru (84), Rebich (88).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Lautaro yana gol urdi, ammo uning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi: hakam o'yindan tashqari holat deb elon qildi.

83. Lukaku gol urdi, ammo raqib himoyachisiga nisbatan o'yin qoidasi buzilgani uchun hisobga olinmadi.

78. Jirudan navbatdagi noaniq urinish, bu safar jarimadan ijro etildi.

76. Jiru "Milan"ning tezkor hujumini chiroyli tarzda "ko'mib qo'ya qoldi".

75. Diasning zarbasi o'zi o'ylagandek kuchli chiqmadi, Onana ham to'pni egallashda qiyinchilikka duch kelmadi.

71. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlar ro'y berdi.

69. "Milan"da standart vaziyat yuzaga keldi. Teo esa jarima zarbasini ko'kka sovurdi.

67. Mxitaryan ham hakamning himmatidan quruq qolmaydigan bo'ldi.

62. Leau zaxiradan maydonga tushgach, o'zini ko'rsatishni boshladi: hakam tomonidan ogohlantirildi.

Uchrashuvga shuncha tomoshabin tashrif buyuribdi.

59. Onananing sovg'asini golga aylantirishga Jiruning vijdoni qiynaldi, shekilli, darhol to'pni qaytarib berdi.

58. Jiruning, umuman, "Milan"ning zarbasini kuta-kuta kuzlarimiz karralab ketgandi.

56. ZARBA! Lautaro o'ng qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan darvoza yo'lladi, Teterushanu bu vaziyatda tetetetentirab qolmadi.

55. "Milan"da ikki o'zgarish: Leau va Salemakers Origi va Kalabriyani almashtirdi.

53. CHalxanogluning noaniq pasi raqibi xuddi shunday javob qaytardi.

49. "Milan" futbolchilari Lautaroni maydonni o'z oyoqlari bilan tark etishini istashmayapti chog'i, taym boshidan buyon ikkinchi bor uni og'riqdan qichqirishga majbur etishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. Vaqt o'tgach, jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.

41. "Milan"ning hujumlari boshlandi so'zini aytib bo'lmasimdan tugab qolmoqda.

34. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Lautaro burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi va hamda "Milan" futbolchilarining to'pni maydon markazidan boshlashiga sababchi bo'ldi.


32. Kalulu Lisandroni maydon markazida dumalatdi. Oqibatda hakam o'zi kiygan libos rangidagi qog'ozni "Milan" futbolchisining ko'ziga ko'rsatib qo'ydi.

29. SHkrinyarning standart vaziyatdan so'ng bosh bilan yo'llagan zarbasi "Milan" darvozabonining "Xayriyat" deyishiga sababchi bo'ldi.

25. Barellaning kuchli zarbasidan so'ng "Milan" himoyachisining oyog'i seyv amalga oshirdi.

24. "Inter" futbolchisining oddiy vaziyatdagi xato pasidan so'ng "Milan" murabbiyi uni olqishladi va minnatdorchilik bildirdi.

21. Kalabriya "Inter" darvozasi tomon regbi usulida zarba yo'lladi.

14. Jeko raqib jarima maydoni yiqildi, ammo hakam penalti belgilamadi, keyingi epizodda esa "Inter" futbolchisi sherigini qanday yiqitishganini raqib futbolchisi misolida ko'rsatib berdi.

11. Lautaro Ernandesdan kechirim so'raydigan harakat amalga oshirdi.

10. Barella SHkrinyarning uzatmasini bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi, Teterushanu nigohi bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

8. CHalxanoglu darvozani emas, uning ortidagi bannerning qoq markazini nishonga oldi.

6. Teterushanu Lautaroning zarbasidan so'ng rolik qilishga arziydigan seyv amalga oshirdi.

2. "Inter" yarim himoyachilari markazdan yurish qilgan Messiasdan to'pni olib qolib, o'zini ortga kuzatib qo'yishdi.

1. Hakamning hushtagi uchrashuvni boshladi. "Inter" ko'k-qora, "Milan" qizil-qora libosda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


Ayni damda "Inter" 40 ochko bilan ikkinchi, "Milan" esa 38 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda. Demak, mehmonlar bugun g'alaba qozonsa, azaliy raqiblaridan o'zib ketib, yuqori pog'onalardan biriga ko'tarilishi mumkin.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Italiya futbolchiga shaydo tomoshabinlarga salom deb qolamiz. Ehtimol, xonadoningizda chiroq bilan bog'liq muammo tufayli o'yinni kuzatish imkoniyatidan mahrum bo'lsangiz, sizni bevosita uchrashuv muhitidan benasib qoldirmaslikka harakat qilamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика