So’nggi yangiliklar

15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  1 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   1 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  2 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   1 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   3 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  7 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  4 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0

A PRO-Liga. Abduxamidovning gollari evaziga Istiqlol Farg'onada SHo'rtanni mag'lub etdi Yangiliklar

A PRO-Liga. Abduxamidovning gollari evaziga Istiqlol Farg'onada SHo'rtanni mag'lub etdi

A PRO-Liga 21-turida Istiqlol jamoasi Qirgulidagi Neftchi sport majmuasi o'yingohida G'uzorning SHo'rtan jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki qismida «SHo'rtan» jamoasi vakillari hujumkor o'yin namoyish etdilar. Mehmonlar tomonildan tashkil etilayotgan hujumlar xavfli tus olgan bo'lsada, biroq samara keltirmadi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib «Istiqlol» vakillari o'yindagi tashabbusni qo'lga oldilar. Mezbonlar tomonidan tashkil etilayotgan hujumlar 31-daqiqaga kelib gol bilan yakunlandi. Bu vaziyatda «Istiqlol» yarim himoyachisi Rustam Abduhamidov chap qanotdan tezkorlik bilan mehmonlar jarima maydonichi ichiga yorib kirdi va aylanma zarba yo'llab, uchrashuvda hisobni ochdi-1:0. SHundan so'ng birinchi bo'lim so'ngiga qadar darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limini ham «SHo'rtan» jamoasi vakillari faol boshladilar. Mehmonlarning hisobni tenglashtirish uchun «Istiqlol» darvozasi tomon tashkil etgan hujumlari samara keltirmadi. Bellashuvning 72-daqiqasida farg'onaliklar «SHo'rtan» darvozasiga ikkinchi golni kiritishdi. Yana o'sha Rustam Abduhamidovning tezkorligi evaziga mehmonlar darvozasi ishg'ol etildi-2:0.

Qiziqarli kechgan bahs so'ngiga qadar har ikki jamoa vakillarida gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, o'yinda boshqa gol urilmadi. SHu tariqa «Istiqlol» jamoasi vakillari «SHo'rtan»ni 2:0 hisobida mag'lub etib, navbatdagi 3 ochkoni o'z hisoblariga yozib qo'ydilar.

A PRO-Liga.
21-tur.
«Istiqlol» - «SHo'rtan» 2:0 (1:0)
Hakamlar:
Ibroxim Ismoilov, Xusniddin Baxodirov, Oybek Kalaxo'jaev, SHoxrux Azamov.
Nazoratchi: G'ayrat Karimov.
O'zPFL komissari: Jamshid Imomov
Gollar: Rustam Abduhamidov, 31 (1:0), Rustam Abduhamidov, 72 (2:0),

«Istiqlol»: Nodir Ashurmatov, Jasurbek Ermamatov, Abduxoliq Qurbonov, Riza Ayvazov, Rustam Abduxamidov, Faylullo Jumanqo'ziev, Ulug'bek Xudoyberdiev, Elyor Mamasoliev, Sardor Telyakov, Umar Adxamzoda, Temur Mamatmurodov.

“SHo'rtan”: Botir Nosirov, Xasanboy Ergashev, Axrorbek O'ktamov, Sirojiddin Raxmatullaev, Lazizbek Ubaydullaev, Marufxon Murodov, Jasur Xolto'raev, Samandar SHodmonov, SHerbek Eshmurodov, Farxod Namozov, SHerzod Temirov


Bekzod Tolibov tayyorladi





Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика