So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  13 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  1 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"8+3". "Menda hech qachon boshqa variant bo'lmagan" - Eldor Suyunovning hayotini o'zgartirgan voqeani bilasizmi? Yangiliklar

"8+3". "Menda hech qachon boshqa variant bo'lmagan" - Eldor Suyunovning hayotini o'zgartirgan voqeani bilasizmi?

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal O'zbekiston terma jamoasi va Toshkentning "Paxtakor" klubi darvozaboni Eldor Suyunov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz bilan bir jamoada o'ynagan eng kuchli futbolchi kim? Jahon futbolidanchi?

- Men birga o'ynagan futbolchilar orasida eng kuchlisi Dragan CHeran. Jahon futbolida esa Ronaldino. 

- Sizning darvozangizga urilgan eng chiroyli gol qaysi?

- O'tkazib yuborilgan gollarning xammasi alamli bo'ladi. Alam qiladigan narsani esa chiroyli xunugi bo'lmaydi, hammasi yoqimsiz.

- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Futbolda yuqori darajaga chiqishi uchun talant va mehnat kerak. Bu tarafdan hamma top futbolchilar bir xil. Faqatgina harakteri bilan ajralib turadigan o'yinchi - Ibrahimovich. 

- Siz bilan birga ishlagan eng kuchli murabbiy?

- Faoliyatim davomida faqat kuchli mutaxassislar bilan ishladim. Ulardan bittasini tanlash juda qiyin. 

- O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

- Bu savolga javob berolmayman. 

- B variantingiz qanaqa edi? Futbolda qololmasangiz, qaysi kasbni tanlar edingiz?

- Menda hech qachon boshqa boshqa variant bo'lmagan.

- Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin? ("Paxtakor"ning o'yinlari hisobmas)

- "Olimpik" (3:1) "Mashal". 

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- Manuel Noyer, Dani Alves, Sergio Ramos, van Deyk, Roberto Karlos, Jerrard, Zidan, Xavi, Messi, Ronaldo, Ronaldino.

- Bittadan yoqtirgan kino va kitobingizni ayting.

- "SHaytanat" - kitobi ham, kinosi ham yoqadi. 

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Kamchiliklarim juda ko'p. Nasib bo'lsa, hammasini o'zgartirishga harakat qilaman. 

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Maktabda 9 sinf edim. Bir kun darsda o'tirganimda ayam sinfimizga kelib futbol o'ynaysanmi? - deb so'radilar va men rozi bo'ldim. O'sha kunning o'zida Toshkentdagi CHig'atoy futbol maktabiga olib kelishgan. Menimcha, shu voqea hozirgacha bo'lgan hayotimning burilish nuqtasi hisoblanadi. CHunki men futbolgacha Qarshidagi eng kuchli Nodirabegim nomidagi ixtisoslashgan maktabgacha talim va maktab internatida o'qiganman. 

"8+3". Abramovga nima pand berdi?

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика