So’nggi yangiliklar

01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  13 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1

8 mart kuni xotin-qizlarga “Lokomotiv” – “So'g'diyona” uchrashuvini tomosha qilish bepul bo'ladi Yangiliklar

8 mart kuni xotin-qizlarga “Lokomotiv” – “So'g'diyona” uchrashuvini tomosha qilish bepul bo'ladi

8 mart kuni Oliy ligada 2-tur uchrashuvlariga start beriladi. SHu kuni O'zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur bellashuv “Lokomotiv”ning milliy chempionat doirasidagi yangi mavsum hisobidan ilk uy o'yini bo'lgani bois “Temiryo'lchilar” jamoasi ushbu uchrashuvga katta tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. O'yin 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami nishonlanadigan sanada o'tishi sababli shu kuni stadionimizga tashrif buyuradigan go'zal hilqat vakilalariga bir qator syurprizlar hozirlab qo'yildi.

Barcha ayollarga “Lokomotiv” – “So'g'diyona” uchrashuvini tomosha qilish uchun stadionga kirish bepul bo'ladi. Qolaversa, uchrashuv boshlanishi arafasida va tanaffus vaqtida elimiz suygan sanatkorlar ishtirokida koncert dasturi o'tkaziladi.

SHuningdek, shu kuni poytaxtimizdagi mehribonlik uylaridan biri tarbiyalanuvchilari o'yinga tashrif buyurishadi. Ular o'yin boshlanishi arafasida har ikki jamoa futbolchilariga maydonga chiqib kelishda hamroxlik qilishadi.

8 mart kuni barcha futbol ishqibozlarini “Lokomotiv” stadionida kutamiz! Keling, “millionlar o'yini”dan zavqlaning, yangi “futbol mavsumi havosi”dan nafas oling!


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика