So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

7 yildan so'ng A Seriyaga qaytgan "Lechche" haqida nimalarni bilasiz? Yangiliklar

7 yildan so'ng A Seriyaga qaytgan "Lechche" haqida nimalarni bilasiz?

Teglar :  Lechche
Yangi mavsum A Seriyada ishtirok etuvchi klublarning yana biri haqida malumot berib o'tamiz.

▪️ "Lechche" 2012 yildan buyon ilk bor elitaga qaytdi. O'shanda jamoa 18-o'rinni egallagandi. Jamoani Eusebio Di Franchesko va Serse Kosmi boshqargan, tarkibda Davide Di Mikele, Luis Muriel, Andrea Bertolachchi, Xuan Kuadrado, Valeriy Bojinov va Massimo Oddo kabi futbolchilar to'p tepgan.

▪️ "Lechche"ni o'shanda kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani tufayli bir yo'la Pro Ligaga "ravona" qilishgandi. A Seriyaga qaytish uchun olti yil kerak bo'ldi. Bu orada klub to'rt marta pley-off o'yinlarida ishtirok etdi. 

▪️ Bugungi kunda jamoani Fabio Liverani boshqarmoqda. "Lacio", "Fiorentina" va "Palermo" takribida A Seriya doriasida uch yuzdan ortiq o'yin o'tkazgan o'sha mashhur yarim himoyachi. Murabbiylik faoliyatini u 2013 yil boshlagandi. Birinchi klubi A Seriya vakili "Jenoa" bo'ldi (7 o'yin, +1=1-5), keyinchalik Angliyaning "Leyton Orient" jamoasida faoliyat olib bordi, ammo omadi kelmadi. Keyin "Ternana" jamoasini B Seriyada jon saqlab qolishida yordam berdi. 2017 yil sentyabr oyida "Lechche"ga keladi. Yaqinda tomonlar kelishuvni 2022 yilga qadar uzaytirishdi.

▪️ "Lechche" o'z maydonida 21 oktyabrdan buyon mag'lub bo'lmayapti: 15 g'alaba, 2 durang. Umumiy hisob – 33:9.

▪️ Jamoaning eng yaxshi to'purari – 28 yoshli Andrea La Mantia (17 gol). Futbolchi B Seriyadagi uchinchi mavsumini o'tkazmoqda (avvalgi mavsumda "Virtus Entellu" safida 12 golga mualliflik qilgan). Unga qadar S Seriyada to'p tepgan.

▪️ Eng yaxshi assistent (8 ta golli uzatma) – Filippo Falko. Futbolchi vaqtida qisqa muddat A Seriyada "Bolonya" tarkibida 2015/16-yilgi mavsumda harakat qildi, lekin safari uzoqqa cho'zilmadi. A Seriyada bor yo'g'i 9 uchrashuv o'tkazdi.  

▪️ A Seriya havosidan xabardorlardan: Panayotis Taxcidis ("CHezena", "Roma", "Katanya", "Torino", "Verona", "Jenoa", "Kalyari") va CHezare Bovo ("Lechche", "Parma", "Roma", "Torino", "Jenoa", "Palermo").

▪️ Juda qiziq, ammo "Lechche"ning texnik homiysi yo'q. M908 markali formalarni Xitoyda klub hisobidagi mablag' evaziga tayyorlanadi. 

▪️ A Seriyadagi rekordi – 1988/89-yilgi mavsumda Karlo Maccone qo'l ostidagi to'qqizinchi o'rin. Ikkinchi eng yaxshi natija – 2003/04-yilgi mavsumda o'ninchi pog'ona. U yili jamoani Delio Rossi boshqargan, tarkibda esa Marko Ameliya (keyinchalik "Milan"), Maks Tonetto va Marko Kassetti (keyinchalik "Roma"), CHezare Bovo, Kristian Ledesma (keyinchalik "Lacio"), Mirko Vuchinich ("Roma" va "Yuve"), Ernesto SHevanton harakat qilishgan.

▪️ "Lechche" tarkibida o'ynayotgan vaqtda uch futbolchi Italiya milliy termasiga chaqiruv olgan: o'ng qanot himoyachisi Marko Kassetti (3 bor, 2005 yilda), darvozabon Vinchenco Sichinyano (1 bor, 2005 yil) va markaziy himoyachi Andrea Espozito (1 bor, 2009 yilda).

▪️ Boshqa mamlakat termasi vakillari esa etarlicha topiladi: Kvame Ayyu, Sergey Aleynikov, Vitorino Antunesh, Valeriy Bojinov, Sasha Belanovich, Xayme Valdes, Ishtvan Vinche,  Davor Vugrinec, Mirko Vuchinich, Deyan Govedarica, Suleyman Dyamuten, Gilermo Djakomacci, Aleksey Eremenko, Xuan Kuadrado, Mazino, Ledian Memushay, Djamel Mesba, Pedro Paskulli, Martin Petrash, George Popesku, Karim Saidi, Davide Sesa, Gabriel Sichero, Rodni Strasser, Nenad Tomovich, Sebastyan Cimirotich,  Ernesto SHevanton, Marko Edusei.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика