31 yoshli Vrsalko faoliyatini yakunlaganini elon qildi
23 mar 2023 14:53
Yangiliklar
31 yoshli Vrsalko faoliyatini yakunlaganini elon qildi
"Atletiko"ning xorvatiyalik sobiq himoyachisi endi agentga aylanadi.
31 yoshli futbolchi ko'plab jarohatlari tufayli shunday qarorga kelgan. Noyabr oyida u "Olimpiakos" bilan shartnomani bekor qilgandi, endi esa professional faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Kelajakda u futbol agenti bo'lishni rejalashtirmoqda.
Vrsalko – Zagrebning “Dinamo” klubi tarbiyalanuvchisi. Faoliyati davomida "Jenoa", "Sassuolo", "Atletiko", "Olimpiakos" kabi klublar sharafini himoya qilgan. U bir mavsumni "Inter"da ijara asosida o'tkazgan.
Vrsalko Xorvatiya terma jamoasi safida 48 ta o'yinda maydonga tushgan. 2018 yilgi Jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar