So’nggi yangiliklar

17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК. Таркиблар маълум  0 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1

22.02.2020 yil soat 14.00 (02:00)da “Spartak“ - “Paxtakor“ uchrashuvi oldidan 1991 yilni yod olamiz! Yangiliklar

22.02.2020 yil soat 14.00 (02:00)da “Spartak“ - “Paxtakor“ uchrashuvi oldidan 1991 yilni yod olamiz!

Aleksandr Mostovoy 1991 yil “Spartak“ni chempion bo'lishiga shubha qilmagandi.

CSKA maktabida shug'ullangan, keyinchalik o'z baxtini “Spartak“da topgan Rossiya afsonasi Sobiq Ittifoq chempionati tugashiga 4ta tur qolganida hech qanday shubhasi qolmagandi, hisobdagi so'nggi chempionatda g'alaba qozonishiga. O'shanda u CSKAning asosiy tarkibida to'p tepayotgan yoshlikdagi do'stlari bilan terma jamoa bazasida ko'rishadi. Bu haqda “Po prozvishhu Car“ kitobida shunday yoziladi:

“Torpedo“ (Moskva)ni 7:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdik. Ketidan CSKAni, yagona golni jarima zarbasidan men urdim va biz armiyachilarga etib oldik. Lekin yakunda chempionlik CSKAga nasib etdi. Bu chempionat bo'yicha shubham bor. Sizlarda ikkita og'ir o'yin bor, biri Toshkentda, ikkinchisi Pomirda.

Biz bu ikki o'yin qiyin bo'lishini bilardik, ammo g'alaba qozonishga ishonchimiz komil edi. SHunda ular kulib javob berdilar?

- Yo'q, Sizlar u erda ochko yo'qotasizlar.

- Sizlarda ham qiyin o'yinlar bor.

- Biz uchun xavotir olmang, nechta tur qoldi, 7ta! Demak, ettini ikkiga ko'paytiramiz, 14! Mayli, 12 ochko bizda.

- Qanday qilib?

- Mana ko'rasan!


Bu voqeani hozirgacha eslayman. Nimadir bo'lgan o'sha chempionatda. Haqiqatdan ham Toshkentda biz mag'lubiyatga uchradik, Pomirda esa durang. Yakunda CSKA chempion bo'ldi!

Bu, keyinchalik “Selta“ afsonasiga aylangan Aleksandr Mostovoyning hikoyasi edi. Tarix uchun esladim. O'sha o'yinda tarkiblar quyidagicha ko'rinish olgan edi:

O'yin qaydnomasi quyidagi ko'rinishda bo'lgan.

Uchrashuv videosini tomosha qiling 

“Paxtakor“ Markaziy stadioni, 30 000 tomoshabin.

"Paxtakor" - "Spartak" 1:0

Gol: Andrey Pyatnickiy (24).

“Paxtakor“: Yuriy Pereskokov, Ruslan Uzoqov, Gennadiy Denisov, Sergey Bondarenko, No'mon Hasanov, Abduqahhor Marufaliev (Murod Aliev, 88), Mirjalol Qosimov, Ilhom SHaripov, Andrey Pyatnickiy, Oleg Sinelobov, Igor SHkvirin (SHuhrat Maqsudov, 79).

“Spartak“: Stanislav CHerchesov, Dmitriy Xlestov, Evgeniy Bushmanov (Dmitriy Ananko, 12), Dmitriy Popov, Andrey Mox, Andrey Ivanov, Gennadiy Perepadenko, Valeriy Karpin, Aleksandr Mostovoy, Fedor CHerenkov (Igor Kozlov, 46), Dmitriy Radchenko.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Pyatnickiy darvozabondan boshlangan oltinchi pasni golga aylantirgandi. Bu o'yin “Paxtakor“ uchun juda muhim bo'lib, faqat g'alabagina jamoani oliy ligada olib qolishi mumkin edi. “Spartak“ni esa aksincha, bu o'yin chempionlikdan mahrum qilgan. Pomirda ham jamoa muhim 1 ochkoni yo'qotgan.

O'sha kuni stadionga tashrif buyurgan 30 000 nafarga yaqin muxlis, boshlaridagi gazetalardan yasalgan qalpoqchalarni yoqib bayram qilishgan. Stadion bir necha daqiqa lava qaynagan qozonga o'xshagan. Bu haqda jamoa muxlisi Faxriddin Isamuhamedov quyidagicha xotirlaydi:

- Ooo, juda dahshatli vaziyat edi. O'yindagi g'alabadan sarmast bo'lgan muxlislar, butun stadiondagi gazetalar yoqilgan edi. Lekin bu o'yindagi ajiotajni boshqa ko'rmadim.

“Bu men maydonga tushgan birinchi o'yin edi. Buni qarangki, 2019 yil “Spartak“ matbuot kotibining taklifiga ko'ra Moskvada bo'ldim va klub strukturasi bilan tanishdim. Yaqinda ular menga “Paxtakor“ bilan o'yin tashkil qilish mumkinligi haqida aytishdi va shartlarni aytishdi. Men o'z navbatida buni “Paxtakor“ga etkazdim, shu bilan o'yin tashkil bo'lib ketdi“, — deydi saytimizning asoschilaridan biri Gayrat Xasbiullin.



Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика