So’nggi yangiliklar

19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  80 19:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 1:1 (матнли транлсяция)  22 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  0 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  14 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  16 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  53 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13

2020 yil Toshkent shahar Kubogi "Trastbank Cup" deb nomlanadi Yangiliklar

2020 yil Toshkent shahar Kubogi "Trastbank Cup" deb nomlanadi

Teglar :  Toshkent shahar FA
Malum bir vaqt qiyinchiliklarni o'z boshidan o'tkazgan Toshkent shahar futbol associaciyasining moliyaviy holatida ijobiy o'zgarish kuzatila boshlandi.

Toshkent shahar hokimligi 311-sonli farmon ijrosini taminlash bo'yicha ishga kirishgan bo'lsa, O'zbekistondagi eng yaxshi sifatli xizmatlarni taqdim qiladigan "Trastbank" TFAning titul homiysiga aylandi. Noyabr oyida bo'lib o'tadigan Toshkent shahar Kubogi musobaqasi 2020 yilda "Trastbank Cup" deb nomlanadi. Kubok sohibi pulka saralash yo'llanmasini qo'lga kiritadi va ularda O'zbekiston chempionatining 1-ligasiga chiqish imkoniyati bo'ladi.

"Trastbank Cup"da 2020 yil barcha shartlarni bajarga 2-liga vakillari ishtirok etadi. Savatchalar 2-liga yakuniy jadvalidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. 2-ligada sovrindor bo'lgan jamoalar yarim finalga qadar to'qnash kelmaydilar.

O'yinlar uy safar tizimida bo'lib o'tadi. 1/2 final va final uchrashuvlari, vaqt tig'izligi bois bir o'yindan iborat bo'ladi.

"2021 yil umuman boshqa Toshkent shahar futbol associaciyasini ko'rasizlar. Pandemiya tufayli ayrim rejalarimiz o'xshamay qoldi. Hozir 3ta katta kompaniya bilan homiylik shartnomasi bo'yicha muzokara olib boryapmiz. Ulardan biri Kubok o'yinlarimizga titul homiy bo'ldi. Endi 2-liga va bolalar ligamizning titul homiylari bo'yicha ish boshladik. Hokimiyat va O'FA tomonidan 2020 yilgi moliyaviy holatimizdagi muammo bartaraf qilindi. Keyingi yilgi bolalar ligasi, har bir poytaxt chempionatida ishtirok etayotgan futbolchining yodida qolishi ustida ishlaymiz", - deydi TFA 1-vice Prezidenti Alisher Polatov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика