So’nggi yangiliklar

17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  1 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  5 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  7 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  13 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  4 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0

2018 yilda bizni kutayotgan musobaqalar Yangiliklar

2018 yilda bizni kutayotgan musobaqalar

Mana, yangi yilni ham boshlab oldik. Yangi yil bilan birga futbolimizda yangi mavsum ham boshlandi. Bu yil ham bizni bir qator musobaqalar kutib turibdiki, quyida shu haqda fikr yuritamiz.

O'zbek futboli muxlislarining yangi yildan umidlari katta. Bu yil futbolimiz uchun yangilanish davri bo'ladi. Aytish mumkinki, yangi bosqichga shu yil poydevor qo'yamiz. Bu yil oliy liga yangicha formatda o'tkaziladi, terma jamoamiz Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'radi, uchta klub Osiyo chempionlar ligasida qatnashadi.

Xullas, kirib kelgan yangi yil ham o'zbek futboli shinavandalari uchun zerikarli bo'lmaydi. Quyida 2018 yilda bizni kutayotgan asosiy musobaqalar haqida to'xtalamiz. 

U-23 Osiyo chempionati 

Yangi mavsumni Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati bilan boshlaymiz. Bu musobaqa 9-27 yanvar kunlari o'tkaziladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rdi degan umiddamiz. Vakillarimiz "A" guruhida Xitoy, Ummon va Qatarga qarshi bahs olib borishadi.

Osiyo chempionlar ligasi 

2017 yilgi OCHL klublarimiz uchun juda muvaffaqiyatsiz kelgandi. "Lokomotiv" bilan "Bunyodkor" guruhdan chiqa olmagan bo'lsa, "Nasaf" o'tish bosqichidayoq vazifani uddalay olmagandi. Bu yil ham OCHLda bizdan uchta klub qatnashadi. "Loko" guruh bosqichidan, "Nasaf" bilan "Paxtakor" esa o'tish bahslaridan boshlaydi. Har uchala jamoaga omad tilab qolamiz.

Superliga

Hammamiz o'rganib qolgan Oliy liga bu yildan Superliga deb yuritiladi. Bunda 12ta jamoa qatnashadi. Jami 32ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Yangicha formatda o'tkaziladigan musobaqa juda qiziq kechishi kutilmoqda. PFL tez orada qura marosimini o'tkazib, yillik taqvimni elon qilsa ajab emas.

PRO-liga

Birinchi liga esa bundan buyon PRO-liga deb nomlanadi. Bunda 16ta jamoa qatnashadi. Jamoalar ikki davrali tizimda jami 30tadan uchrashuv o'tkazishadi. Qizig'i shundaki, PRO-ligada qatnashadigan klublar ham nomi to'liq malum emas. PFL ishtirokchilar sonini tez orada malum qilishini kutib qolamiz.

O'zbekiston Kubogi

Oxirgi yillarda Kubokka bo'lgan qiziqish ancha pasaygandek. CHunki finalni hisobni olmaganda qolgan o'yinlarga tomoshabinlar ko'p kelayotgani yo'q. Balki bu yil qiziqish oshar. Yangilik sifatida shuni aytishimiz mumkin, "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Nasaf" va "Paxtakor" Kubok o'yinlariga 1/8 finaldan boshlab qo'shilishadi.

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati

1-11 fevral kuni Xitoy Taypeyida futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Bunda O'zbekiston futzal terma jamoasi “B” guruhida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

1-12 avgust kunlari futzal bo'yicha klublar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. O'zbekiston chempioni sifatida "Olmaliq" futzal klubi mazkur turnirda qatnashadi.

Biz qatnashmaydigan musobaqalar

Albatta, bu yil biz ishtirok etmaydigan, faqat muxlis sifatida kuzatadigan musobaqalar ham bor. Birinchi navbatda bu - jahon chempionati. Rossiyada bo'ladigan mundial 14 iyun - 15 iyul oralig'ida bo'lib o'tadi.

SHuningdek, kuzda bo'lib o'tadigan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlarini ham tomoshabin sifatida kuzatishimizga to'g'ri keladi. Negaki yoshlarimiz ham, o'smirlarimiz ham saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'ta olishmagan.

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика