So’nggi yangiliklar

16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  4 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  6 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  11 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  4 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1

2017 yil raqamlarda: “Lokomotiv” uchun ortda qolayotgan yilning eng muhim sanalari Yangiliklar

2017 yil raqamlarda: “Lokomotiv” uchun ortda qolayotgan yilning eng muhim sanalari

Teglar :  Lokomotiv
Bilasiz, 2017 yil “Lokomotiv” jamoasi tarixidan zarhal harflar bilan o'rin oladigan bo'ldi. Zero ortda qolayotgan yilda “temiryo'lchilar” jamoasi ham O'zbekiston chempionligini, ham mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.

Ketma-ket ikkinchi yil “oltin dubl” qayd etilishi jamoa ishqibozlarini juda-juda quvontirdi. Quyida “Lokomotiv” uchun 2017 yildagi eng esda qolarli voqealarni sanama-sana taqdim etamiz.

 
05.01.2017 / “Lokomotiv” SHuhrat Muhammadiev va Diyor Turopov bilan shartnoma imzoladi

2017 yilni O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi sifatida kutib olgan “temiryo'lchilar” yangi mavsumda ham o'z unvonlarini saqlab qolish maqsadida yil avvalidanoq tarkibni kuchaytirish ishlariga zo'r berishdi. Natijada 5 yanvar sanasida SHuhrat Muhammadiev va Diyor Turopov “Lokomotiv” azolariga aylanishdi.

20.02.2017 / “Lokomotiv” OCHLni mag'lubiyat bilan boshladi

“Lokomotiv” uchun mavsum-2017 20 fevral kuni boshlandi. Osiyo CHempionlar Ligasi ilk turida Saudiya Arabistonining “Al Taavon” jamoasi mehmoni bo'lgan “Loko” qiziqarli tarzda o'tgan bellashuvda kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi.

03.03.2017 / Oliy Liga-2017da “Loko” muvaffaqiyatli start oldi

Oliy Liga–2017ning 1-turini ham “Lokomotiv” safarda boshladi. “Temiryo'lchilar” “Mashal” mehmoni bo'lishdi va safarda 1:0 hisobida g'alabaga erishib, ichki maydondagi yurishini g'alaba bilan boshladi.



06.04.2017 / “Lokomotiv” Oliy Liga-2017dagi ilk kutilmagan mag'lubiyatini qabul qildi

6 aprel kuni Oliy Liga 5-turida “Lokomotiv” “SHo'rtan” maydonida mehmon bo'ldi. Oliy Ligada juda yaxshi start olgan “temiryo'lchilar” ushbu o'yinda kutilmaganda 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Lekin aynan manashu uchrashuvdan so'ng “Lokomotiv”ning ketma-ket g'alabalar ceriyasi boshlanib ketdi.

29.04.2017 / “Lokomotiv” mavsumdagi eng yirik g'alabasiga erishdi

Oliy Liga 8-turida “Lokomotiv” o'z maydonida “Obod” klubini qabul qildi va juda tomoshabop tarzda kechgan bellashuvda 7:0 hisobida zafar quchib, o'z ishqibozlarini quvontirdi.

 
23.05.2017 / “Lokomotiv” O'zbekiston Kubogidagi ishtirokini yirik g'alaba bilan boshladi

“Lokomotiv” kubok bahslaridagi ishtirokini nimchorak finaldan boshladi. O'zbekiston Kubogi 1/8 finalida “Lokomotiv” “Qizilqum” bilan to'qnash keldi. “Lokomotiv” stadionida kechgan bellashuvda “qizil-yashillar” jamoasi 5ta to'p farqi bilan zafar quchishdi.

02.08.2017 / Kubok yarim finalida “Nasaf” bilan to'qnash keldi

“Lokomotiv” uchun kubok finaliga chiqish oson bo'lgani yo'q. Jamoa yarim finalda “Nasaf” bilan to'qnash keldi. Ilk o'yinda qo'lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g'alaba yakunda “Lokomotiv” uchun juda muhim ahamiyat kasb etdi.

19.11.2017 / “Lokomotiv” Samarqandda chempionlikni rasmiylashtirdi

Oliy Liganing 29-turida “Loko” Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo'ldi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda toshkentliklar 5:1 hisobida zafar quchishdi. Bu esa “Lokomotiv”ni chempionat tugashiga bitta tur qolganida muddatidan avval 1-o'rinni naqd qilganini tasdiqladi.

 
25.11.2017 / “Lokomotiv” uyda chempionlikni nishonladi

“Lokomotiv” 2017 yilda o'z tarixida ikkinchi bor O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. CHempionatning so'nggi tur o'yinida “Loko” “Bunyodkor”ni qabul qildi va 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvdan so'ng “Lokomotiv”ga chempionlik kubogi tantanali ravishda topshirildi.

 
04.12.2017 / “Lokomotiv” – O'zbekiston kubogi sohibi!

O'zbekiston kubogi–2017 final o'yinida “Lokomotiv” yana “Bunyodkor” bilan bahs olib bordi. Muxlislar bilan to'liq to'lgan stadionda o'tgan bellashuvda Marat Bikmaev kiritgan gol “Loko”ga mamlakat kubogini taqdim etdi. Uni OFK prezidenti SHayx Salmon topshirdi.

 
14.12.2017 / “Lokomotiv” – Yilning eng yaxshi klubi

14 dekabr kuni O'FF Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi. Unda “Lokomotiv” jamoasi hujumchisi, Oliy Liga-2017 to'purari – Marat Bikmaev “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb etirof etildi.

 
Bundan tashqari 2017 yildagi mamlakat chempioni va kubogi sohibi – “Lokomotiv” “Yilning eng yaxshi klubi” deya topildi.

Aziz ishqibozlar, guvohi bo'layotganingizdek 2017 yil “Lokomotiv” jamoasi uchun juda omadli va sovrinlarga boy yil bo'ldi. Klubimiz har bir uchrashuvda siz – muxlislarimizni g'alaba bilan quvontirishga urindi. Ishonamizki, 2018 yilda ham “Lokomotiv”ni yil sayin ortib borayotgan muxlislari jamoamizni qo'llab-quvvatlashda davom etadi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика