So’nggi yangiliklar

07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  0 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1

2007 yilning eng yaxshi 50 nafar yosh futbolchisi. Ular hozir qaerda? Yangiliklar

2007 yilning eng yaxshi 50 nafar yosh futbolchisi. Ular hozir qaerda?

2007 yilning noyabr oyida "World Soccer" nashri 50 nafar eng yaxshi futbolchi ro'yxatini elon qilgan edi. Quyida bu ro'yxatga kirgan mashxur futbolchilar haqida malumot beramiz.

Garet Beyl. 18 yoshida Beyl endigina ''Tottenxem''ning asosiy tarkibiga kirishni boshlagan edi. U bu paytda chap qanot himoyasida harakatlanar edi. Keyinchalik bu futbolchi ''Inter''ga qarshi xet-trikini nishonladi va ''Real'' safiga 100 million evro evaziga o'tib, chempionlar ligasining g'olibiga aylandi. ''World Soccer'' nashri uning kelajagini to'g'ri baholagan va bu ro'yxatda uni 6-o'ringa munosib ko'rgan edi.


Serxio Aguero. Hozirda bu futbolchi ''Manchester Siti''ning eng yaxshi to'purari sanaladi. O'sha vaqtda argentinalik ''Atletiko" asosiy tarkibida gol urayotgan va Argentina termasida debyut uchrashuvini o'tkazgan edi.


Anxel Di Mariya. Yana bir argentinalik. O'sha vaqtda u ''Benfika''da harakatlanar va uni oldinda katta kelajak kutayotgan edi.


Karim Benzema. Francuz bu paytda ''Lion'' tarkibida 8ta golning muallifiga aylangan edi. Hozirda ko'plab muhokamalarga qaramay, ''Real''ning asosiy tarkibida harakatlanmoqda.


Mesut Ozil. Ozil bu paytda ''Verder'' safida harakatlanib, ''SHtutgart''va ''SHalke'' bilan chempionlik yo'lida kurashayotgan edi. Keyinchalik uning JCH-2010da yorqin o'ynab, ''Real'' safiga qo'shilganini yaxshi bilasiz.


Aleksis Sanches. 18 yoshida Aleksis Argentinaning ''River Pleyt'' jamoasida o'ynar edi. Ajoyib zarbasi va  texnikasi sabab tilga tushgan futbolchi tez orada ''Udineze''safiga borib qo'shildi. A seriyadagi muvafaqiyatli o'yinlar esa uni ''Barselona'' tomon etakladi.


Toni Kroos. Bu vaqtda Toni "Bavariya"ning ikkinchi jamoasidan, asosiy tarkibga kirishga harakatlanayotgan edi. O'zining aqlli o'yini sabab mutaxasislar tiliga tushgan futbolchi uchun ''Real'' 25 million evro sarflab o'z safiga qo'shib oldi. Hozirda Kroos o'z ampulasi bo'yicha eng yaxshilardan hisoblanadi.


Xuan Mata. 19 yoshligida Mata ''Real'' uchun kerak bo'lmay, ''Valensiya''ga ijaraga berilgan edi. Ronald Kuman yosh ispanga ishondi va futbolchi ham bu ishonchni oqladi. 23 yoshida esa futbolchi ''tumanli albion''ga yo'l oldi.


Ivan Rakitich. Bu vaqtda xorvatiyalik futbolchi ''SHalke''ning asosiy tarkibiga kirish uchun kurashayotgan edi. Keyin esa ''Sevilya''ga yo'l oldi va jamoa etakchisiga aylandi. 26 yoshga etganda u haqiqiy grand jamoa safida qo'nim topdi. U hozirda ''Barsa''ning etakchisi emas, albatta. Biroq uni foydali futbolchilar qatoriga qo'shish, mumkin.

World Soccer talqiniga ko'ra 2007 yilning eng yaxshi 50 nafar yosh futbolchisi.


Xorij saytlaridan Maqsud Yahyoev tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика