So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

20 yildan so'ng "Paxtakor" yana "Qayrat" mehmoni. Markaziy Osiyo derbisiga prevyu Yangiliklar

20 yildan so'ng "Paxtakor" yana "Qayrat" mehmoni. Markaziy Osiyo derbisiga prevyu

20 yillik tanaffusdan keyin "Paxtakor" Olma-Otada "Qayrat" bilan Markaziy Osiyo derbisida ishtirok etadi.


O'zaro to'qnashuvlar

"Paxtakor" va "Qayrat" jamoalari deyarli tengdosh jamoalar, "Paxtakor" jamoasi 1956 yil tashkil etilgan bo'lsa, ikki yil avvalroq Olma-otada "Qayrat" jamoasiga asos solingan. SHu kunga qadar jamoalar o'zaro 51ta uchrashuvda ishtirok etishgan, ulardan 21ta to'qnashuvda "Qayrat" g'alaba qozongan bo'lsa, 19ta bahsda Toshkent jamoasi g'olib bo'lgan. Jamoalar 11ta uchrashuvda murosa ko'chasini tanlashgan. Jami 51 uchrashuvda "Paxtakor" raqib darvozasiga 65ta gol urgan bo'lsa, Olma-otaliklar 69ta gol bilan javob qaytarishgan. O'zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob SSSR chempionatining 1984 yilgi mavsumida qayd etilgan, o'yin natijasi esa 6:2 "Qayrat" foydasiga.

Oxirgi marta rasmiy bellashuvda jamoalar Olma-Otada 1990 yil 15 may kuni SSSR chempionati birinchi liga doirasida duch kelishgandi. O'sha bahs 1:0 hisobida "Paxtakor" g'alabasi bilan yakunlangan. Igor SHkvirin kiritgan to'pga mezbonlar javob qaytara olishmagan. So'nggi marta Olma-Otada o'rtoqlik o'yinida 2003 yil qozoq futbolining 90 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan uchrashuvida "Qayrat" 2:1 hisobida zafar quchgan. Iyul oyida bo'lib o'tgan bahsda mezbonlardan Tlexugov va Qurbonov, jamoamizdan Kapadze gol urgan. Ushbu yilning fevral oyida Toshkentdagi o'rtoqlik bahsida "Paxtakor" 4:3 hisobida g'alaba qozongandi.


Olma-Otadagi oxirgi rasmiy o'yin qaydnomasi
QAYRAT - PAXTAKOR - 0:1 (0:1).
1990 yil 15 may. Olma-Ota. Markaziy stadion. 8000 tomoshabin.
Hakam: A.Spirin (Moskva).

"Qayrat": Grozdov (Egoshkin), Timofeev, Pinchukov, Neyshteter, Slambekov, Ahmedov (Rikov), Bogatiryov, Aymanov, Mixel, Kariev, Klimov (Popandopulo).

"Paxtakor": Yanovskiy, Miklyaev, Bilolov, Qosimov, Denisov, Oganesyan, Bondarenko, Pyatnickiy, Abduraimov (Galiev), SHkvirin, SHaripov (Ro'zimov).

Gol: SHkvirin, 27 - 0:1.


Rasmiy o'yinlarda jami 60 to'qnashuv kuzatilgan. 20 uchrashuvda "Paxtakor", 26 bahsda "Qayrat" g'alaba qozongan. 14 bellashuv durang bilan tugagan. "SHerlar" 70 to'p kiritgan holda o'z darvozasidan 81 gol o'tkazib yuborgan.

O'zbek va qozoq futboli bayroqdor klublari sanalgan "Paxtakor" va "Qayrat" o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish borasida kelishuvga erishib, bu yo'lda dastlabki qadam Toshkentda tashlangandi. Endi esa Olma-Otada ikki buyuk tarixga ega klub qozoq futboli ishqibozlari ko'z o'ngida maydonga tushadi.


So'nggi 5 o'yin:

2023.02.25 "Paxtakor"-"Qayrat" 4:3

1990.04.11 "Paxtakor"-"Qayrat" 2:1

1990.05.15 "Qayrat"-"Paxtakor" 0:1

1989.14.10 "Paxtakor"-"Qayrat" 2:3

1989.06.07 "Qayrat"-"Paxtakor" 1:0

Joriy mavsumdagi natijalar

"Paxtakor" jamoasi Superliganing birinchi davrasida 12ta uchrashuvda ishtirok etdi va ularning 9tasida g'alaba, bittasida durang va ikki uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Jamoa 28 ochko jamg'argan holda, Superliga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Qayrat" klubi Qozog'iston chempionatining joriy mavsumida jami 15ta bellashuvda ishtirok etdi va ularning 8tasida g'alabaga erishdi, 3ta uchrashuvda durang qayd etgan bo'lsa, 4ta bahsda mag'lub bo'ldi. Jamoa 27 ochko bilan Qozog'iston chempionatining turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.


Etakchi futbolchilar

"Paxtakor" jamoasining asosiy futbolchilaridan biri Abbos Fayzullaev bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Jamoaning asosiy quroli va to'purari Dragan CHeran. Dragan Superliga doirasida 12ta uchrashuvda ishtirok etib 9ta golga mualliflik qildi.

"Qayrat" jamoasining asosiy yulduzi va Qozog'iston milliy chempionati to'purari braziliyalik legioner Joau Paulodir. Joau joriy mavsum Qozog'iston chempionati doirasida 15ta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z nomiga 13ta gol va 2ta assist yozdirib qo'ydi.


Markaziy Osiyo derbisi!
QAYRAT - PAXTAKOR
Olma-Ota, "Markaziy" stadion, 19:00


Muallif taxmini 

Imkoniyatlar: 50%:50%

Bugungi uchrashuv, Toshkentda bo'lib o'tgan bahsdek qiziq kechishi shubhasiz. "Qayrat" Toshkentdagi mag'lubiyat alamini olish uchun maydonga chiqadi, "Paxtakor"ning maqsadi esa ikki uchrashuvda ham principial raqibni mag'lub etish. CHeran va Paulolar katta ehtimol bilan bugun gol urishadi.


Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика