So’nggi yangiliklar

15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  0 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  20 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4

110 yillik tarixga ega, "Dinamo Zagreb" raqiblarini qabul qiladigan "Maksimir" stadioniga sayohat Yangiliklar

110 yillik tarixga ega, "Dinamo Zagreb" raqiblarini qabul qiladigan "Maksimir" stadioniga sayohat

Uchrashuvdan avval "Bunyodkor" o'rinbosarlari bosh murabbiyi Ivan Boshkovichdan ajoyib g'oya chiqdi.

- Kelishga keldik. Uchrashuvdan so'ng "Maksimir" stadioniga kiramiz. Futbolchilar esdalik uchun suratga tushishsin, ko'rishsin. Zavq olishsin. 

Murabbiy so'zining ustidan chiqdi va jamoa azolarini stadionga olib kirdi. Men esa jurnalistik faoliyatimdan kelib chiqib imkon qadar oz bo'lsada, malumot to'plashga harakat qilib ko'rdim. CHunki vaqt tig'iz bo'lgani bois to'liq tanishib chiqishni keyingi safarga qoldirdim. To'liq malumot berish maqsadida klub rasmiy saytiga yuzlandik. Aybga buyurmaysiz, degan umiddaman. 

Mazkur arena 1912 yilda rasman ochilgan bo'lib, unda dastlab GNK "Gradanski" jamoasi mashg'ulot o'tkazgan. 1948 yildan boshlab esa tomoshabinlarni qabul qilish boshlangan. Stadion 100 yildan ortiq vaqt ichida bir necha bor tamirlanganini aytish joiz. 1997 yilda sharqiy va janubiy tribunalar qo'yildi. 1998 yilgi tamirlashlar natijasida shimoliy tribuna buzib tashlanadi va o'rniga 10 965 nafar muxlisga mo'ljallangan yangi tribuna quriladi. 1999 yil 2 jahon xarbiy o'yinlari arafasida 12 600 o'rindiqli va 718 VIP o'rindiqlar qad ko'taradi. 



2011 yil "Dinamo Zagreb"da o'zgarishlar natijasida sarmoya kiritishga qaror qildi. Maydon ichida ko'zga ko'rinarli ishlar qilindi. 

SHu tariqa, bir oydan ko'proq vaqt ichida yangi maysa yotqizildi, uning ostida minglab drenaj quvurlari, isitish quvurlari va avtomatik sug'orish tizimi yo'lga qo'yildi.  engil atletika yo'lakchasi zamonaviylashtirildi.  tSHu bilan birga, barcha to'rtta tribunaga yangi o'rindiqlar o'rnatildi, barcha tribunalar ostidagi sanitariya inshootlari tamirlandi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus maydon qurildi, matbuot xodimlari uchun maxsus o'rindiqlar qo'yildi. 


 

Stadionning tashqi tomondan ko'rinishi.

 

Matbuot anjumani xonasi. 



Avval takidlaganimdek stadion atrofidagi kompleks 7ta kichik maydondan iborat.


VIP tribuna.


Stadionga kiraverishdagi maxsus kiyim do'koni. Bitta futbolka narxi 299 kuna yani 40 dollar. 



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика