So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  2 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

110 yillik derbi oldidan Konte nimalar dedi? Yangiliklar

110 yillik derbi oldidan Konte nimalar dedi?

Teglar :  Antonio KonteCHelsi
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte tanish raqibga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Unda murabbiy boshlang'ich tarkibni tanlashda nimalarga ahamiyat berishini aytdi. "Stemford Brij" stadionida yakshanba kuni 110 yoshni qarshi oladigan derbi bo'lib o'tadi.

"Menda o'yinchilarni jismoniy holatini tekshirish uchun yana bir kun bor, keyin "Arsenal" bilan o'yinga eng yaxshi qarorni qabul qilaman. O'yinchilarim oldingi bahsda o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi. Men ularning o'yinidan qoniqdim. Endi bizni yana bir qiyin o'yin kutyapti. "Arsenal" Angliyadagi oltita eng yaxshi jamoalardan biri. Ularda juda yaxshi tarkib mavjud va ular sovrin uchun kurasha oladilar. "Arsenal"ga qarshi o'yinlar har doim "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Tottenxem" kabi muhim hisoblanadi", - deya Kontening so'zlaridan iqtibos keltirdi "ko'klar" rasmiy sayti.

"Hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz raqiblarimiz bilan kurashishimizga to'g'ri keladi. Men ularning payshanba kuni bo'lib o'tgan Evropa ligasidagi o'yinini ko'rdim, ular tarkibda katta o'zgarishlar qilishdi va ko'p futbolchilarga bizga qarshi bahs oldidan dam olish imkoniyatini berishdi. Ularning bizdan keyin o'ynashgani bizga ustunlik beradi deb o'ylamayman. Bu o'yinni o'n bir asosiy tarkib futbolchilar bilan tugatishga umid qilaman", - deb aytib kuladi Konte.

Konte "Uembli"da oxirgi ikkita o'yinda "Arsenal"ga yutqazishganini eslab -o'yinda kuchlilar yutadi deb qo'shimcha qildi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика