

Tibbiy tekshiruv paylarimni shikastlab olganimni ko'rsatdi. Operaciya shu haftada amalga oshiriladi va maydonga yanada kuchli bo'lib qaytaman. Qo'llab quvvatlagan barchaga rahmat, – deb yozadi Zuma tvitterdagi o'z sahifasida.
Zuma kamida 6 oy davolanishi kerak. Shunday qilib, futbolchi bu mavsumda boshqa maydonga tusha olmaydi va yozda Fransiyada bo'lib o'tadigan Yevropa chempionatida ham ishtirok eta olmaydi. Zuma Angliya chempionatida Manchester Yunaytedga qarshi o'yinda (1:1) erga noqulay yiqilganida jarohat olgandi.



