Zoyir Hasanov 8:0 hisobidagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
11 may 2018
Kecha PRO-liga “B” guruhi 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tgan edi. Tur doirasidagi “Zomin” – “Xotira-79” (8:0) uchrashuvidan so'ng, mezmonlar ustozi Zoyir Hasanov bilan suhbatlashdik.

- Zoyir aka g'alaba muborak bo'lsin.
-    Rahmat .

- Bilamizki “Zomin” jamoasi oldingi turda safarda “Yozyovon” jamoasiga mag'lubiyatga uchragan edi. Mag'lubiyatdan so'ng, “Xotira-79” jamoasiga tayyorgarlik qanday kechdi?
-    “Yozyovon” jamoasidan mag'lubiyatga uchraganimiz bizga dars bo'ldi. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarib, bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlarga mag'lubiyatni unitib, faqat fikri bugungi uchrashuvda bo'lishligini tushuntirdim.

- Bugungi uchrashuvda yirik hisob bo'lishini oldindan taxmin qilganmidingiz?
-    Birinchi goldan so'ng, raqiblarimiz qanday shakllanganligi bilinib qoldi.

- “Xotira-79” jamoasi haqida fikringiz?
-    Men bu jamoada bugungi uchrashuvda matonatni ko'rdim. Jamoaning harakatlari yoqdi, asosan yoshlardan iborat ekanligini hisobga olsak, jamoada albatta o'sish bo'ladi.

- Maydonga tushgan barcha o'yinchilardan bugungi o'yinida ko'nglingiz to'ldimi?
-    Futbol - jamoaviy o'yin. Maydonga tushgan barcha futbolchilar men aytganday o'yin qilishdi. Hammasi yaxshi o'yin qo'rsatishdi.

Akmal Rahmatullaev suhbatlashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia