"Zomin" turk investorlari qo'liga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2023
Bizga yetib kyetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Jizzaxning "Zomin" klubiga turk investorlari qiziqish bildirmoqda.

Xabar qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida saytimiz muxbiri jamoa bosh murabbiyi Asqar Umarov bilan bog'lanib, ushbu vaziyatga aniqlik kiritdi.

- "Ha, bu to'g'ri xabar" - deydi "Zomin" bosh murabbiyi. Hozirda klubimiz turk investorlarining qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Yaqin kunlarda barcha rasmiy jarayonlar bo'lib o'tadi va bu haqida batafsil ma'lumotni e'lon qilamiz. Amalga oshadigan bo'lsa "Zomin" kuchli va moliyaviy jihatdan barqaror klubga aylanadi".


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia