"Zomin" klubi homiylar yordamiga muhtoj

Оқил Абдубарноев
6 iyul 2022, 17:45
Hozirgi kunda "Zomin" futbol klubi Pro ligada ishtirok etmoqda.

Jizzax viloyatining "Zomin" jamoasi barcha biznes va kichik biznes egalarini "Zomin" professional futbol klubi uchun homiylikka qilishga chaqiradi. 

Bo'lajak homiyga "Zomin" futbol klubi to'liq o'tkaziladi. 

Jamoaga tegishli bo'lgan baza (1 ta sun'iy va 1 ta tabiiy stadion), akademiya, barcha yoshdagi jamoalar (U-13, U-14, U-15, U-16) va asosiy "Zomin" futbol klubi homiy tasarrufiga o'tkaziladi. 

Jamoani qabul qilgan homiy o'zining biznesi yoki ishlab chiqariyotgan mahsulotlarini klub nomidan Pro liga o'yinlarida butun O'zbekiston bo'ylab "Futbol TV" va "Uzreport TV" telekanallari orqali translyatsiya qilinadi.

"Zomin" jamoasining  asosiy maqsadi Zomin tumanida futbolni saqlab qolishdir.

Tel: 94-621-06-21

Tel: 99-350-66-81


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Зомин" ФК ахборот хизмати