

Bosh murabbiylik vazifasiga taklif etilgan Aleksandr Volkov noma'lum sabablarga ko'ra, “Sho'rtan” lageridan “yo'qolib” qolgan edi...
Bugun 26 yanvar sanasida klub rahbariyati – Bosh Direktor Oblayor Rasulov hamda murabbiylar guruhi ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilish yakuniy qaroriga muvofiq, jamoaning bundan keyingi tayyorgarligi va umuman barcha musobaqalarda qatnashishi bo'yicha javobgarlik Zoir To'raqulov zimmasiga yuklatildi. Rahbariyatning qarorini barcha bir ovozdan tasdiqladi va natijada, “Sho'rtan” klubida ko'p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan ushbu mutaxassis rasman “Oq bo'rilar” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
“SHO'RTAN” PFK matbuot xizmati



