

Ushbu uchrashuv oldidan g'uzorliklar bosh murabbiyi – Zoir To'raqulov o'yinoldi fikrlari bilan bo'lishdi:
“Biz uchun kubok o'yinlari chempionatniki kabi birdek ahamiyatga ega. Har bir musobaqada yaxshi o'yin ko'rsatib, natijalarga erishish uchun harakat qilamiz. Andijonga yaxshi kayfiyatda yetib keldik. O'z o'rnida shuni aytib o'tishim kerak-ki, “O'zDongJu” - birinchi liganing yetakchi jamoalaridan biri va uni kuchsiz raqib deya olmayman. Bugungi o'yinda esa raqibga ustun ekanligimizni ko'rsatish uchun o'ynaymiz”.
"Sho'rtan" PFK matbuot xizmati



