Zohir Qo'ziboev uchta o'yinga chetlashtirildi

Hujumchimiz Zohir Qo'ziboev PFL tomonidan uchta bahsga chetlashtirildi.

PFL tartib intizom qo'mitasi O'zbekiston kubogining 1/16 final bosqichining 112 daqiqasida Zohir Qo'ziboev tomonidan hakamga etirozi uchun ushbu qarorni qabul qilgan. Undan tashqari jarima ham belgilandi.


Endi Qo'ziboev O'zbekiston kubogining 1/8 finalda "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvni, chempionat doirasida "Bunyodkor" va "Navbahor"ga qarshi o'yinlarni ham o'tkazib yuboradi.


Manba: fcmashal.uz