Zohir Pirimov: "Buxoro" mutasaddilari jamoani shakllantirish borasida bosh qotirishmoqda”

Narzulla Saydullayev
10 fev 2017
“Buxoro” jamoasi a'zosi Zohir Pirimov mashg'ulotlar haqida fikr bildirdi.

“Mashg'ulotlarni kuniga ikki mahaldan o'tkazyapmiz. Unda asosan taktikaga e'tibor berilmoqda va to'plar bilan ishlayapmiz. Ayni damda klub mutasaddilari jamoani shakllantirish haqida bosh qotirishmoqda.

Mana shunday keyin oldimizga chempionatdan oldin vazifa qo'yilsa kerak. Asta-sekin yangi futbolchilar jamoaga kelib qo'shilishi davom etmoqda. Navbatdagi nazorat uchrashuvimizni qachon o'tkazamiz bilmayman. Buni murabbiylar bilishadi”, - deydi Zohir Pirimov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia