Zlatan ramziy termasini tuzdi va o'zini qo'shmadi. Nega qo'shmaganini esa Ibra super tarzda tushuntirib berdi

Khoja
29 mar 2024
Zlatan Ibragimovich 7 kishidan iborat ramziy termasini tuzdi.

12 mart kuni Zlatan Kings liga (Ispaniya media ligasi)ning prezidenti etib tayinlandi. Shvetsiyalik futbolchi ushbu turnir uchun o'zining ramziy termasini tuzdi. Unga jami 7 nafar futbolchi kiritildi: Janluiji Buffon, Alessandro Nesta, Tiago Silva, Xavi, Zinedin Zidan, Ronaldinyo va Ronaldo.

Shuningdek Zlatan nima sababdan ushbu termaga o'zini kiritmaganini tushuntirib berdi: Men sherman va men odamlar bilan birga o'ynamayman. Men murabbiy, prezident bo'laman. Agar kimdir charchab qolsagina, maydonga tushishim mumkin, - deb fikr bildirdi Zlatan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com