Zlatan Ibragimovich yana bir yil “Milan”da qolmoqchi

Alisher
1 may 2023, 08:02
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Shvetsiyalik hujumchi “rossonerilar” bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirmoqchi, deb xabar beradiSky Sport Italia.

Manbaga ko'ra, Ibragimovich futbolni yuqori saviyada davom ettirishga qaror qilgan va tez orada Milan klubi boshliqlari bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishga harakat qiladi.

Ma'lum qilinishicha, shvetsiyalik hujumchi maqsadi jiddiy: agar u “Milan” bilan yangi shartnoma tuza olmasa, 41 yoshli futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun yangi klub izlashga tayyor. Shvetsiyalik futbolchi A Seriyaning boshqa jamoasiga o'tish variantlari istisno qilinmaydi.

O'tayotgan mavsumda Zlatan jarohatlar sababli milanliklar tarkibida 4 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com