Zlatan Ibragimovich: “PSJ" Chempionlar ligasi g'olibi bo'la oladi”

“PSJ” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich, Chempionlar ligasi o'yinlari doirasida “Anderlext”ga qarshi o'yindan so'ng (5:0), o'z taasurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'zimni yaxshi his etayapman. Bu yil “PSJ” kuchaygan. Jamoaga yangi kuchli futbolchilar kelib qo'shilgan.


"PSJ" bu yil Chempionlar ligasi g'olibi bo'la oladi. Biroq bir narsani esdan chiqarmaslik kerak, yuqoriga chiqqan sari kuchli jamoalarga duch kelaveramiz”, - deya ta'kidladi Ibragimovich.


Manba: sports.ru