

"Manchester Yunayted"da pul uchun o'ynamadim. Rahbariyatga maoshsiz ham o'ynashga tayyor ekanligimni aytgandim. MYUda dahshatli Zlatan edim, ammo jarohatdan keyin bunday bo'lmadi. Mourinyo mendan foydalanmoqchi bo'lganida bunga tayyor emasligimni bildirdim. Maydonga faqatgina eng yaxshilari tushishi kerak. O'sha vaqtda men bunday emasdim", - dedi Zlatan.



