Zlatan endi 11 metrlik nuqtaga yaqinlashmasligini aytdi. U joriy mavsum 5ta penaltidan 3tasini golga aylantira olmadi

Alisher
9 noya 2020
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich A Seriya doirasidagi "Verona" (2:2)ga qarshi o'yinda 93-daqiqada gol urdi.

"Men g'azabdaman, chunki durang - bu yaxshi natija uchun etarli emas. Bizda gol urish uchun juda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi...

Men penaltidan foydala olmadim va keyingi safar bu ishni Kesse qiladi deb o'ylayman. Shunda yaxshi bo'ladi", - deydi 39 yoshli shved.

Ibragimovich joriy mavsum 11 metrlik nuqtani 5 bor ijro etdi, ammo ularning 3tasini golga aylantira olmadi.


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net