Ziko: “Ispaniya terma jamoasining taqdiri Braziliyaga dars bo'lishi kerak”

Tolibjon Qosimov
23 iyun 2014
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ziko, braziliyaliklar Ispaniya milliy terma jamoasining taqdiridan o'ziga kerakli xulosa olishi mumkin deb hisoblaydi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya guruhda ikki uchrashuvda mag'lubiyatga uchrab, nimchorakfinal yo'llanmasidan quruq qolishdi.

“Braziliyalik futbolchilar ispanlarning mag'lubiyatiga e'tibor berishlari kerak. Ular jamoada birdamlik muhimligini bilishlari lozim. Bu bilan birga, Meksikaga qarshi o'yinni ham eslashsa bo'ladi. Keyingi uchrashuvda Kamerun terma jamoasi bizga g'alabani sovg'a qilmasligiga ishonaman” – deydi Ziko.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com