Zidan Soboslai bilan "Real"ga o'tishni muhokama qildi

Alisher
5 dek 2020
"Zalcburg" xavbeki Dominik Soboslai Madridning "Real" klubiga o'tishi mumkin.

"Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidanning shaxsan o'zi 20 yoshli o'yinchi bilan uning yanvardagi ehtimoliy transferini muhokama qilgan.

Soboslaini fransiyalik mutaxassis unga kerak bo'lmayotgan Iskoning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Vengriyalik futbolchiga shuningdek "Arsenal" va "Liverpul" klublari qiziqmoqda.

Soboslai joriy mavsum Avstriya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol (3tasi penaltidan) va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild