Zidan: "Real"ni tark etish men uchun og'ir bo'lmoqda"

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019
Darvozabon Lyuka Zidan "Real"dan "Rasing"ga o'tgani borasida gapirdi.

"Oldimda ko'plab jamoalardan variantlar bor edi. Ammo "Rasing"ning taklifi menga qiziqroq tuyuldi. Bu klubda rivojlanishni, yanada yaxshiroq bo'lishni istayman. "Real"ni tark etish og'ir bo'lmoqda, biroq yangi sarguzashtlarni izlash payti keldi", - dedi 21 yoshli Zidan.

Uning ijara shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca