JCH-2013 (U-20). Pogba musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2013
Fransiya yoshlar terma jamoasi sardori Pol Pogba Turkiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi mundialning Oltin to'piga sazovor bo'ldi.
Yuventus yarim himoyachisi musobaqa davomida ikkita gol urdi va bitta pas berdi.

Kumush to'p esa Urugvay hujumchisi Nikolas Lopesga, Bronza to'p Gana yarim himoyachisi Klifford Aboadjiga nasib etdi.

Musobaqa davomida 6ta gol urgan ganalik Ebenezer Assifuaga Oltin butsa topshirilgan bo'lsa, urugvay darvozaboni Gilermo De Amores Oltin qo'lqopga ega chiqdi.

Feyr pley sovrini esa Ispaniya yoshlar terma jamoasiga nasib etdi.  

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ushbu mundilning chorak finalida Fransiyaga mag'lub bo'lib musobaqani tark etgandi.       


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia