"Zenit" Zaza bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
16 sen 2020, 17:13
"Torino" hujumchisi Simone Zaza faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

29 yoshli forvardga Peterburgning "Zenit" klubi qiziqish bildirmoqda. Futbolchining Turin klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Zaza "Yuventus", "Valensiya" va "Sassuolo"dagi o'yinlari bilan tanilgan. U Italiya terma jamoasi safida 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

Simone o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb