“Zenit” safarda samaraliklarni mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
30 okt 2018
Rossiya Premer-ligasida 12-turning yana bir uchrashuvi yakunlandi.

Samaraning “Krilya Sovetov” klubi o'z muxlislari ko'z o'ngida “Zenit”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yagona gol o'yinning 22-daqiqasida Paredes tomonidan kiritildi. Bu Paredesning "Zenit" libosida kiritgan 55-goli bo'ldi. 

O'yinning 78-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Roxel maydondan chetlatildi. Bugungi g'alabadan so'ng piterliklar turnir jadvalida peshqadamliklarini yanada mustahkamlab olishdi. "Zenit" ikkinchi o'rinda borayotgan "Krasnodar"ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. 


Rossiya chempionati. 12-tur

Krilya Sovetov – Zenit 0:1 (0:1, 0:0)

“Samara-Arena”

Gol: 0:1 – 22 Paredes.

Krilya Sovetov – Rijikov, Chicherin, Burlak, Roxel, Zotov, Mollo (Yakovlev, 70), Bashkirov, Anton, Tkachuk, Kanunnikov (Sobolev, 90), Kornilenko (Samarjich, 81).

Zenit – Lunev, Ivanovich, Mammana, Netu, Chernov (Anyukov, 79), Markizio, Paredes, Mak, Kuzyaev (Ozdoev, 90), Eroxin (Shatov, 56), Dzyuba.

Ogohlantirishlar: Roxel (8), Mammana (52), Kornilenko (59), Netu (60), Chicherin (63).

Chetlatish: Roxel (78).


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: