"Zenit" futbolchisi Ukraina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Alisher
6 noya 2019
"Zenit" himoyachisi Yaroslav Rakickiy o'zining "Instagram" sahifasida terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"Ukraina terma jamoasini Evro-2020ga chiqqani bilan tabriklayman. Muvaffaqiyatlar tilayman, yigitlar, qoyil sizlarga, o'yiningizga gap yo'q!

10 yil oldin bosh jamoada debyut qilgan edim, ammo bugun "ko'rishguncha" demoqdaman. Men Ukraina terma jamoasidan ketyapman. Men 2019 yil davomida terma jamoadan chaqiruv kutdim. Ammo, katta futbol katta siyosatga aylanib ketdi. G'aqat oltin sovrinlar tilayman, rahmat!", - deb yozgan futbol o'z sahifasiga.

Eslatib o'tamiz, ukrainalik Yaroslav Rakickiy shu yili "Shaxtyor"dan "Zenit"ga o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/rakitskyy_official