Zaynutdinov Turkiya chempionatida tirsak zarbasidan so'ng shifoxona olib ketildi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2023
Baxtiyor Zaynutdinov Turkiya chempionati doirasidagi o'yinda jarohat oldi.

"Beshiktosh" yarim himoyachisi bilan bo'lib o'tgan voqea Turkiya chempionati 12-tur doirasidagi "Istanbul" bilan o'yin payti ro'y berdi.

Zaynutdinov birinchi taymning 36-daqiqasida to'p uchun kurash payti "Istanbul"ning ganalik futbolchisi Jerom Opokuning tirsakidan zarba qabul qilib oldi.

Qozog'istonlik o'yinchi ko'zidan jarohat oldi va tibbiy yordamning ko'rsatmasidan so'ng 41-daqiqada almashtirildi. Futbolchi shundan so'ng shifoxonaga olib borilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Besiktas