Abbosbek Fayzullaev yangi jamoasida mashg'ulotlarni boshlab yubordi

Khoja
31 iyul 2025, 08:30
Kecha "Istanbul Bashakshexir" Abbosbek Fayzullaev bilan shartnoma tuzilganini e'lon qildi.

Klub taqdim etgan suratlarda 21 yoshli yarim himoyachi yangi jamoasida mashg'ulotlarni boshlab yuborgan.

Eslatib o'tamiz, yangi mavsum startidan oldin O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshexir"ga ijara asosida o'tgan edi.

Fayzullaev SSKAda o'tkazgan 2 mavsum davomida 72ta bahsda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 22ta golli pas berdi.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia