Zammer: "Gyotce "Borussiya"dan ko'ra, "Bavariya"da yaxshiroq o'ynayapti"

Aslanov Jasurbek
18 may 2015
"Bavariya" sport direktori Mattias Zammer jamoa yarim himoyachisi Mario Gyotce yomon o'yin ko'rsatayotgani haqidagi fikrlarga qo'shilmaydi.

"Gyotce bu mavsumda bor kuchi bilan ishladi va 2015/16 mavsumda u o'sishda davom etadi deb o'ylayman. Bazida "Bavariya"da o'zini ko'rsatish qiyin, ammo bu vazifani uddalasang buyuk futbolchi bo'lasan. Gyotce "Borussiya"dan ko'ra, "Bavariya"da yaxshiroq o'ynayapti. U "Bavariya"ga o'tganida milliy terma jamoa safida jahon chempioniga aylandi" - deydi Zammer.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com