Zayniddin Tojievga "Neftchi" qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013
Tajribali hujumchi faoliyatini Farg'onada davom ettirishi mumkin.
"Neftchi" "Lokomotiv"ning 36 yoshli hujumchisi Zayniddin Tojievni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ammo Tojievlarning to'ng'ichi Toshkent klubida qolmoqchi ekanini ma'lum qilgan.

Zayniddin Tojiev bu mavsum oliy ligada 9ta o'yinda maydonga tushib (7tasida zaxiradan) 4ta gol urishga erishdi. Shulardan birini Farg'onada "Neftchi" darvozasiga urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia