“Yuventus” Yanmaatni sotib olishga urinib ko'radi

16 okt 2013, 12:11
“Yuventus”, klubni yaqinda tark etishga yaqin turgan Maurisio Islaning o'rniga yangi futbolchi izlamoqda.

Italiyan OAVning xabariga ko'ra, turinliklar sotib olishni mo'ljallab turgan futbolchi “Feyenoord” klubi a'zosi Deril Yanmaat hisoblanadi.

Yanmaatning transfer narxi 7-8 million evroni tashkil etishi mumkin. Xabarlariga qaraganda Derilning o'zi ham “Yuventus”ga o'tishga qarshi emas.


Manba: soccer.ru