"Yuventus" yana bir Italiya klubi futbolchisi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
31 yanv 2022
"Frozinone" himoyachisi Federiko Gatti Turinning "Yuventus" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Shartnoma 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, biroq futbolchi 2021/22 yilgi mavsumning qolgan qismini hozirgi klubida o'tkazadi.

Joriy mavsumda Federiko "Frozinone" safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: juventus.com