⚡️ “Yuventus” va “Salernitana” o'rtasidagi bahsning oxirlarida yuz bergan drama haqida

Eldor Akmurzayev
12 sen 2022
Italiya chempionati 6-turida “Yuventus” o'z maydonida “Salernitana” bilan jangovar durang (2:2) o'ynadi.

90+3-daqiqada Leonardo Bonuchchi penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi va darvozabon uning zarbasini qaytarib qoldi. Qaytgan to'pga birinchi bo'lib yugurib kelgan Bonuchchi xatosini to'g'rilab, hisobni tenglashtirdi.

90+5-daqiqada turinliklar forvardi Arkadish Milik raqib darvozasini ishg'ol etib, xursandchiligidan futbolkasini echdi va hakam tomonidan unga 2-sariq ko'rsatildi. VARdagi arbitr esa uning golini ofsayd hisobladi va oqibatda natija o'zgarishsiz qoldi. Milik esa maydondan chetlatildi.

Vaziyat qayta ko'rilayotgan vaqtda ikkala jamoa o'yinchilari o'rtasida nizo kelib chiqdi va bosh hakam Matteo Marchenaro yana 3 ta qizil kartochka ko'rsatdi: Federiko Fasio, Xuan Kuadrado va “Yuve” ustozi Massimiliano Allegri.

Eslatib o'tamiz, Allegri shogirdlari mana uch o'yindirki, g'alaba nimaligini bilmay kelishmoqda. Turinliklar bundan oldin YCHLda PSJga 1:2 hisobida yutqazdi va chempionat doirasida “Fiorentina” bilan bahsda durang (1:1) o'ynadi. Jamoa hozirda A Seriya turnir jadvalida 10 ochko bilan 8-o'rinda turibdi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia