"Yuventus" va "Manchester Yunayted" "Bavariya" yulduziga davogar

Aslanov Jasurbek
24 may 2017, 12:12
"Yuventus" va "Manchester Yunayted" "Bavariya" yarim himoyachisi Duglas Kostaga qiziqish bildirishmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli braziliyalik yakuniy qaror qabul qilishdan oldin MYU hamda "Ayaks" o'rtasidagi Yevropa ligasi final uchrashuvi yakunlanishini kutmoqda. Agar mankunianlar g'alabaga erishsa, kelasi mavsum Chempionlar ligasida o'ynashadi.

Kostaning "Bavariya" bilan shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi, ammo braziliyalik etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan xafa.

Kosta yakunlangan mavsumda Bundesliganing 23 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport