"Yuventus" va SSKA kelishib olishdi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2018
SSKA yarim himoyachisi Aleksandr Golovin "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Sport Mediaset" xabariga ko'ra, tomonlar ertaga transferni rasman e'lon qiladi. Transfer ishlari JCH boshlangunga qadar yakunlanadi. Futbolchining transfer narxi ko'tariladi.

Klublar Golovinning narxini 20 mln evroga baholashgan. Golovin jamoani tark etishi kutilayotgan Miralem Pyanichning o'rnida harakat qilishi kutilmoqda. 

Futbolchining xizmatlariga "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar qiziqish bildirgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Mediaset

O'xshash yangiliklar